Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Макtabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti va vazifalari


Download 337.83 Kb.
bet4/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

2.Макtabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti va vazifalari
Quyidagi sxemada maktabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti ko‘rsatib o‘tilgan:

Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunga qadar bo‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining muvzuidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasining nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi.
Pedagogika fani tarbiyani pedagogik xodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
3.Pedagogikaning asosiy tushunchalari

Pedagogikaning asosiy tushunchalari

Tarbiya

Ta’lim

Ma’lumot

Pedagogik hodisa bo’lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borishva uning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.

Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish,ularning ongiga, xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon - o‘qitish va o‘qishni o‘z ichiga oladi.

Asosiy pedagogik tushuncha bo‘lib, uning ijtimoiy hayot voqealarini ob’ektiv aks ettirishdir. Ma’lumot kishini bilishga bo‘lgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga ko‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Ma’lumot ta’limning natijasi bo‘lib, u kishi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egalashdir.

O‘qitish – pedagogikfaoliyatbo‘lib, ubilimko‘nikmavamalakalarnibolalargasingdirish, ularningbilimvaamaliyfaoliyatigarahbarlikqilishdir.

O‘qish– bolalarning bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.



Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling