Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Download 337.83 Kb.
bet6/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

Blits-so’rоv


3-Mavzu: Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari. (2 soat)
Reja:
1.Adabiyotlarda brilgan ilmiy tadqiqot metodlarinig tahlili.
2. Pedogogik ilmiy tadqiqot metodlar.
1.Adabiyotlarda berilgan ilmiy tadqiqot metodlarinig tahlili.
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o‘rgatuvchi va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirganimizdek, metod lotincha “mitodos”- yo‘l so‘zidan olingan bo‘lib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar tomonidan turlicha asoslab berilgan:
Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuzatish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika ma’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anketalar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. I.F.Xarlamovning “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasida pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab hujjatlarini o‘rganish, ilo‘or tajribalarni umumlashtirish, matematik hisoblash metodlari asoslab berilgan.
S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo‘llanmasida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o‘rganish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. A.K.Munavvarov tahriri ostidagi "Pedagogika" o‘quv qo‘llanmasida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o‘rganish, test-so‘rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik darsliklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pedagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar.

Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling