Kompas qopqog‗ining ichki qismida oyna joylashgan
bo‗lib, u kompasni biron-bir jismga to‗g‗rilash bilan bir
vaqtda, magnit ko‗rsatgichi xolatini va son ko‗rsatgichi
natijasini kuzatishni taminlaydi.
Kompas bilan ishlash vaqtida shuni doim yodda tutish
kerakki, kuchli elektromagnit to‗lqinlar yoki yaqin
joylashgan metall jismlar, ko‗rsatgichni to‗g‗ri xolatidan
41
adashtiradi. Shuning uchun kompas bilan ishlashda,
elektro‗tkazgich tarmoqlari, temir yullari, jangovor
mashinalar va boshqa katta temir jismlardan 40-50 metr
uzoqlikda turish kerak.
Dunyo tomonlari yunalishlarini kompas
yordamida aniqlash quyidagi tartibda bajariladi:
1.To‗g‗rilash moslamasi nishon ko‗rsatgichi sanoq
ko‗rsatgichining nolg‗ bo‗lagiga to‗g‗rilab, kompasni
yotiq xolatda ushlanadi.
2. Magnit ko‗rsatgichi to‗xtatgichini qo‗yib yuborib,
kompasni shunday aylantirish kerakki, uning shimol tomoni
nolg‗ xisobi bilan to‗g‗ri tushishi kerak.
3. Kompasni xolatini o‗zgartirmasdan, shimol
tomonni ko‗rsatish uchun olingan mo‗ljalni, to‗g‗rilash
moslamasi va nishon ko‗rsatgichi orqali kuzatiladi.
Dunyo tomonlari yo‗nalishlari o‗zaro bog‗langan
bo‗lib, agar ulardan birortasi ma‘lum bo‗lsa, boshqa
tomonlarini ‗am topish mumkin.
Shimolning qarama-qarshi tomoni janub, o‗ng tomoni
sharq va chap tomoni g‘arb bo‗ladi.
Kompas bo‗lmaganda yoki xududda magnit maydoni
kuchli bo‗lganligi sababli kompas noto‗g‗ri yunalish
ko‗rsatgan xollarda, dunyo tomonlarini osmon yoritgichlari
yordamida aniqlash mumkin: kunduzi - quyosh, kechasi -
oy va yulduzlar joylashuvi yordamida.
Shimoliy yarim sharda quyosh taxminan soat 7.00 da –
Do'stlaringiz bilan baham: |