va vositalar
Reaktiv minomyotlar (ko„p stvolli qurilmalar)dan
otiladigan reaktiv snaryadlar yoki minalar ZMlardan zarin
yoki V - gazlar bilan to‗ldirilgan bo‗ladi, ko‗llanilganda
ko‗plab maydonlar va kishilar zararlanadi. Qurilmalarning
otish uzoqligi 2,7 - 11 km ni tashkil qiladi.
Artilleriya kimyoviy snaryadlari va minalari.
NATO davlatlari armiyalarida hozirgi vaqtda zambaraklar va
gaubitsalardan otish uchun ishlab chiqilgan kimyoviy
snaryadlar bor. Bu tabelli snaryadlar V - gazlar, zarin, iprit va
S8 (Si-es) ZMlari bilan to‗ldirilgan. Gaubitsalarning uzoqqa
otish masofasi 16-18 km, zambarakalarning uzoqqa otish
masofasi 32 km ni tashkil qiladi.
Kimyoviy fugaslar - dushmanning tirik kuchini,
maydonlarni, shuningdek to‗siq hamda yo‗llarni zararlash
uchun qo‗llaniladi. NATO davlatlari qo‗shinlarida hozirgi
vaqtda M-1, M-23, AVS-M23 markali fu-gaslar saqlanib
kelinmoqda. Ushbu fugaslar V - gazlar, zarin va boshqa
turdagi ZMlar bilan to‗ldirilgan bo‗ladi. Portlatilgan vaktda
yaqin 12,5 m joyni zararlaydi.
Kimyoviy zararlanish o„chog„i.
Kimyoviy kurol qo‗llanilgan rayonda kimyoviy
moddalardan zaharlanish o‗chog‗i hosil bo‗ladi, uning
kattaligi ishlatilgan zaharlovchi modda miqsoriga, uning
turiga, ishlatish usuliga hamda ishlatiladigan joyning ob-havo
sharoitiga, relefiga bog‗liq bo‗ladi.
ZMlar muhitda turli agregat holatida (bug‗, gaz,
aerozol, suyuq tomchi sifatida) ko‗llanilishi mumkin.
Chidamsiz ZMlar gaz, bug‗, tuman holida
qo‗llanilganda beqaror kimyoviy zararlanish o‗chog‗i hosil
bo‗ladi. Beqaror kimyoviy zararlanish o‗chog‗i zaharlash
xususiyatini 3-6 soat mobaynida saqlab turadi, shundan keyin
Do'stlaringiz bilan baham: |