bo‗ladi, 2-3 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning
antidoti yo‗q.
3. Umumzaharlovchi moddalar:.
Bu guruh moddalari nafas a‘zolarini ishdan chiqaradi.
Odam organizmidagi to‗qimalarni oksidlanish jarayonlarini
to‗xtatib qo‗yadi.
Sianid-kislota rangsiz, uchuvchan, achchiq bodom
hidiga ega bo‗lgan suyuqlik.
4. Bo„g„uvchi ZMlar: fosgen, difosgen.
Maruzani asosiy
qisimlarini
o`quvchilarga
yozdirish
Maruzani asosiy
qisimlarini
o`quvchilarga
69
Bu birikmalar nafas organlarini ishdan chiqarib,
o‗pkani zararlaydi. Fosgen - havodan 3,5 marta og‗ir bo‗lgan
gazsimon modda. U asosan o‗pka to‗qimalarini ishdan
chiqaradi.
ZMlar o‗zining zaharlash xususiyatini muhitda
(atmosfera, suv va h.) qancha vaqt saqlay olishiga qarab
chidamli zaharlovchi moddalar va chidamsiz zaharlovchi
moddalarga ajratiladi.
Chidamli ZMlar - suyuq moddalar bo‗lib, yuqori
qaynash xaroratiga (150 S° dan yuqori) ega. Ishlatilganda
juda sekinlik bilan bug‗lanadi va uzoq vaqtgacha (bir soatdan
bir necha sutkagacha, qish vaqtida haftalab) saqlanib turadi.
Buning oqibatida ko‗plab kishilar zaharlanadi. Bu guruhga
fosfororganik ZMlar (zarin, zoman, V - gazlar) va terida yara
paydo qiluvchi ZMlar (iprit, lyuizit) kiradi.
Chidamsiz ZMlar - bu moddalar ham suyuq holda
bo‗lib, qaynash harorati juda past bo‗ladi. Zaharlash
xususiyatini ochiq joylarda bir necha daqiqagacha saqlaydi.
Shuning uchun asosan havoni zararlash maqsadida
qo‗llaniladi. Bu moddalar qo‗llanilganda tez bug‗lanib, ZM
aralashgan bulut hosil bo‗ladi, bunday bulutlar shamolda
ko‗chib, ba‘zan 10 - 15 km. gacha etib boradi. Harakatlanish
Do'stlaringiz bilan baham: |