Farg`ona davlat unversiteti Harbiy ta`lim fakulteti 4 – bosqich 19. 113 guruh talabasi


Download 131.37 Kb.
bet62/131
Sana23.04.2023
Hajmi131.37 Kb.
#1383681
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131
Bog'liq
Farg1

qurollarning turlari va
xususiyatlari
Harbiy toksikologiya hakida ma‟lumot.
Toksikologiya - zaharlanishlarning oldini olish,
belgilarini o‗rganish va ularga davo uchun samarali davolash
vositalarini izlab topish maqsadida zaharli moddalarning fizik
va kimyoviy xossalarini hamda organizmda paydo bo‗ladigan
patologik jarayonlarni o‗rganadi.
Zahar deb biror yo‗l bilan kam miqdorda bo‗lsada
organizmga tushgan va uning normal faoliyatini izdan
chiqaradigan yoki o‗ldiradigan yuqori toksik moddalarga
aytiladi. Zaharli moddalar organizmga turli yo‗llar bilan,
nafas yo‗llari, me‘da - ichak, teri, shilliq pardalar orqali
hamda jarohatlardan tushishi mumkin.
Zaharlanish organizmga kirgan zaharli modda ta‘sirn
natijasida undagi normal fiziologik jarayonlarning buzilib
qolishidir. Organizmning zaharlanishi unga tushgan zaharli
moddaning miqdoriga, organizmning umumiy holati hamda
zaharning organizmga qaysi yo‗l bilan tushganligiga bog‗liq.
Zaharlilik, ya‘ni toksiklik deb, kimyoviy zaharlovchi
moddalarning organizm hayot faoliyatini izdan chiqarib,
zaharlay olishiga aytiladi. Zaharli moddaning zaharliligi
ularning fizik va kimyoviy xossalariga va tuzilishiga bogliq.
Zaharlar ta‘sirini belgilab beradigan asosiy omillardan
biri ularning qanday doza yoki konsentratsiyada
organizmga ta‘sir ko‗rsatishidir.
Doza deb, zaharli moddaning ma‘lum og‗irlik
birliklarida ifoda qilinadigan miqsoriga aytiladi va mg/kg
bilan ifodalanadi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshida sinfiy
kurashning keskinlashuvi va harbiy sanoatning o‗sishi tufayli
toksikologiyaning yangi yo‗nalishi - harbiy toksikologiya
paydo bo‗ldi.

Download 131.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling