Zaharli o’simliklar Uchma


Download 1.05 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1005734
Bog'liq
zaharli osimliklar

Zaharli o’simliklar

Uchma

  • Uchma (CeratocepHalus falcatus P.) ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik efemer o’simlik. U o’ta zaharliligi bilan ajralib turadi.
  • Poyasi tik o’suvchi bo’lib, bo’yi 3 – 10 sm, barglari uzun bandli, panjasimon uchta bo’lakli, gullari mayda, bittadan joylashgan, sariq rangda. Mevasi esa o’tkir tukchali. U yaylov va pichanzorlarda keng tarqalgan .

Kampirchopon

  • Kampirchopon (Trichodesma inanum Bge) O’rta Osiyo, Qozog’iston va Shimoliy Eronda o’sadi. U govzabonguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik zaharli o’simlik. Ildizi baqquvat, poyasi biroz ko’tarilib yoki yoyilib o’sadi. Pastki qismi yog’ochlanib ketgan, tuk bilan qalin qoplangan. Keyinroq tuki to’kilib ketadi, tupining yuqori qismi juda sertuk, bo’yi 30 – 60 sm ga yetadi.
  • Barglarining uzunligi 3 – 8 sm, eni 1, 3 – 2, 5 sm. Bandsiz, chetlari tekis, shakli tuxumsimon, cho’ziq nishtarsimon. Uchi o’tkir, oldi va orqa tomoni tuk bilan qoplangan. To’pguli ro’vak. Gulyonbargchalari tuk bilan qoplangan. Tojbarglarning diametri 2 – 2, 5 sm, gullash davrida naychasi oq, poyasi havorang bo’lib, keyinroq gul naychasi pushti rangga kiradi. Mevasi bir – biriga yopishgan 4 ta yong’oqchaga o’xshaydi, pishganda ajralib ketadi. Qattiq, kattaligi 6 – 7 mm.

BANGIDEVONA

  • O`simlikning xamma qismi zaxarli.
  • Bangidevonaning bargi va mevasi ishlatiladi. Bargi o`simlik gullaganidan boshlab, to sovuq tushguniga qadar yig`iladi. Terib olingan bargini shamol kirib turadigan soya va quruq erda qurutiladi. Mevasi pishganda yig`ib olinadi. Yig`ib olingan mevani qurutib, yanchib, g`alvirdan o`tkazib urug`i ajratiladi.
  • Bangidevona o`simligining xamma qismida alkaloidlar bor. Asosiy alkaloidlari giostsiamin, atropin va skopolamin xisoblanadi. Bulardan tashqari, bargida oz miqdorda efir moyi, karotin va oshlovchi moddalar bor.

MINGDEVONA BARGI – FOLIA HYOSCYAMI

  • O’simlikning nomi. Qora mingdevona - Hyoscyamus nigeg L.; ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi.
  • Ikki yillik, sertuk, badbo’y o’t o’simlik. O’simlik birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar hosil qiladi. Ildizoldi barglari bandli, cho’ziq- -tuxumsimon, chuqur patsimon bo’lakli bo’ladi. Ikkinchi yili poya o’sib chiqadi. Poyasi shoxlangan, bo’yi 50-150 sm ga etadi. Poyadagi barglari ildizoldi barglariga nisbatan yumaloqroq va maydaroq, umumiy ko’rinishi tuxumsimon, poyaning pastki qismidagi­lari 5-7 bo’lakli, o’rta qismidagilari 3 bo’lakli, yuqori qismidagilari esa 1-2 ta yirik tishsimon qirrali bo’lib, poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan.

Dictamnus

Yetmak

  • (Aconthophyllum gypsophiloides)
  • Chinniguldoshlar oilasiga kiruvchi bo`yi 50-80 sm keladigan chala buta shaklidagi ko`p yillik o`t. Poyasi tik va yon shoxlar hasil qiladi. Ildizi jadayam zich. Payaari oqish va to`q qizil tusda.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling