Nur bilan qotuvchi kompozitlarning afzalliklari:
Komponentlar aralashtirishni talab etmaydi, ish vaqtida qovushqoqlik xususiyatini o‘zgartirmaydi, ishlash vaqtida turli ashyolarni turli ranglarini kombinatsiyalash imkonini beradi, plombani modelirovkasi uchun zarur vaqtni beradi, polimerizatsiya “buyruq” bilan boshlanadi, “chiqindisiz” ishlash imkonini beradi, komponentlari ta’sirida rangi o‘zgarmaydi, nur yordamida polimerizatsiya darajasi yuqori bo‘ladi.
Nur bilan qotuvchikompozitlarning kamchiliklari:
Ko‘p vaqt ketishi (40-60daq., kimyoviy kompozitlarda 25-30 daq.); Narxining qimmatligi (fotoaktivatori bilan); Ko‘z uchun lampaning zararli ta’siri.
Oquvchi kompozitlarning xususiyatlari:
Yuqori oquvchan smola asosli modifitsirlangan polimer matritsaga ega, 55-60% to‘ldirgich bilan to‘yingan. Gibrid to‘ldirgichdan iborat. Yuqori oquvchanlik va yuzaga ideal ravishda adaptatsiya. Tiksotroplik - birlamli berilgan shaklni saqlash, ya’ni, vertikal va qiya yuzalarga chidamli. Yuqori elastiklik, yuqori rentgenokontrastlik. Kamchiligi: mikrogibrid va nanoto‘ldirgichli kompozitlarga nisbatan mustahkamligi past. Polimerizatsion cho‘kmaga tushadi (5%).
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar: Adaptiv qavatni hosil qilish; Fissuralarni invaziv va noazivniv germetizatsiyasi; 2-sinf kavaklarni tunnel usulida plombalash; Katta bo‘lmagan 3-sinf kavaklarni plombalash; Bo‘yinoldi sohadagi kavaklarni plombalash; Emaldagi mayda sinishlarni restovratsiya qilish; Chinni va metallokeramika qoplamalirini sinishlarini tiklash; Plomba chetlarini tiklash; Qistirma, shtiftlarni fiksatsiya qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Klinik restovratsion stomatologiya O.Ye.Bekjanova, S.X.Yusupalixodjayeva, U.A.Shukurova, D.M.Alimova. Yoshlar Nashiyot Uyi,.: Toshket – 2020.
2.https://library.tsdi.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |