Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Davolash ishi yo’nalishi 3-kurs 2720-guruh talabasi Isroilov Ibrohimning Ichki Kasalliklar Propedevtikasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 118.59 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2023
Hajmi118.59 Kb.
#1653200
  1   2   3   4
Bog'liq
Isroilov - o\'pka yiring

Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Davolash ishi yo’nalishi 3-kurs 2720-guruh talabasi Isroilov Ibrohimning Ichki kasalliklar fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O’pkaning yiringli kasalliklari.

O’pkaning stafilokokk destruktsiyasi

O’pkaning stafilokokk destruktsiyasi – stafilokokklarning patogen shtammlari ta’siri ostida o’pka to’qimasining yiringli yallig’lanishidir. O’pka to’qimasining yiringli yallig’lanishi tez fursatda intoksikatsiyaning rivojlanishiga olib keladi.

Diagnostika uchun o’pkani rentgenologik tekshiruvi va balg’amni bakteriologik tekshirish, hamda diagnostik bronxoskopiya o’tkazish muhimdir. Rentgenologik usul yordamida o’pka to’qimasining infiltratsiyasi, yallig’lanish o’choqlari, o’pkadagi ko’p sonli yupqa devorli bo’shliqlar, plevrit, pnevmotoraks aniqlanadi. Kasallik o’tkir boshlanadi (yuqori harorat, et junjikishi va b.), nafas qisishi, yiringli balg’am ajralishi belgilari bilan namoyon bo’ladi.

Davolash

Maqsadga muvofiq antibakterial muolaja (bakteriologik ekmalar natijasiga ko’ra), antistafilokokk zardobini, stafilokokk bakteriofagini qo’llash, detoksikatsion muolaja, umumiy quvvatni oshiruvchi vositalar, sanatsion muolaja qo’llaniladi.

O’tkir o’pka abstsessi – o’pka to’qimasining chegaralangan yiringli yallig’lanishi va bo’shliqlar hosil bo’lishidir. Mikroaspiratsiya, bronxlar drenaj faoliyatining buzilishi, organizm himoya kuchlarining keskin pasayib ketishi, shartli patogen mikrofloraning faollashuvi, o’pka to’qimasida qon ta’minotining buzilishi va nekrozga uchrashi sababli yuzaga keladi. Abstsesslar gematogen, bronxogen, limfogen va travmatik tabiatga ega bo’lishi mumkin. Metapnevmonik va aspiratsion abstsesslar klinik amaliyotda birmuncha ko’proq uchraydi. Abstsesslar uchun biror bir spetsifik mikroflora yo’q. Ular streptokokk, stafilokokk, diplokokk, protey, fuzobakteriyalar va mikrofloraning boshqa turlaridan kelib chiqishi mumkin. So’nggi yillarda o’pkadagi yiringli jarayonlar rivojlanishida noklostridial anaerob bakteriyalar katta ahamiyatga ega. Abstsesslar joylashuviga ko’ra: periferik va markaziy, yolg’iz (yakka holda) va ko’p sonli, bir tomonlama va ikki tomonlama bo’ladi.



Download 118.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling