O’pka abstsesslari va plevra empiemasini sanatsiya qilish – abstsess bo’shlig’ini bronxoskopik yoki transtorakal yo’l bilan kateterlash, torakotsentez orqali aktiv aspiratsiya qilish va yiringli bo’shliqni yuvishni tashkil qilishdan iborat. Traxeobronxial shoxni chetlab o’tib yiringli suyuqlikni evakuatsiya kilish, nafas olish a’zolari faoliyatini yaxshilaydi, intoksikatsiyani kamaytiradi, bemorni tezda sog’ayib ketishga yordam beradi. Detoksikatsion muolaja. Siydik haydovchi preparatlar (laziks, gipotiazid va b.) orqali diurez stimulyatsiyasi yordamida vena qon tomiriga o’tkaziladigan infuzion (tuzli eritmalar) muolajani o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda detoksikatsiyaning birmuncha ta’sirchan, ekstrakorporal usullari – gemosorbtsiya, limfosorbtsiya, plazmoferez va qonni ultrabinafsha nurlatishdan foydalanilyapti. Suv-elektrolit buzilishlarni bartaraf etish. Umumiy quvvatni oshiruvchi muolaja – gemotransfuziya, plazma, qonning oqsilli o’rinbosarlari, glyukozaning kontsentrlangan eritmalari ni quyish, anabolik preparatlar, temir preparatlarini va vitaminlarni qo’llashdan iborat. 7. Immunitetni oshiruvchi muolaja. Stafilokokk anatoksini quyidagi sxemaga ko’ra yuboriladi: 3 kunlik tanaffus bilan 10 in’ektsiya – 0,1, 0,2, 0,3 ml va h. k. Antistafilokokk giperimmun zardob 100-150 ml 3-5 marta. Antistafilokokk gammaglobulin (mushak orasiga) 5 ml 8-10 marta kun ora. T-aktivin. Dekaris 50 mg kunora 3-5 kun ichida. Prodigiozan in’ektsiyasi 30 kungacha: 0,2, 0,5, 0,6, 0,7, 1,0 mg. Metiluratsil 0,5 mg kuniga 2 marta 10-15 kun mobaynida. Qonning ivish xususiyatlarini va mikrotsirkulyatsiyani normallashtirish qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydigan preparatlar, antiagregantlar (reopoliglyukin, aspirin, kurantil, trental) qo’llash. O’pkadagi og’ir destruktiv jarayonlarda DVS sindromining dastlabki ko’rinishlari borligini hisobga olib, antiferment-krioplazma bilan kompleks muolaja tadbirini o’tkazish tavsiya etiladi (100 ming birlik kontrikal venaga, 5 ming birlik geparin teri ostiga sutkasiga 4 marta, yangi muzlatilgan zardob).
Do'stlaringiz bilan baham: |