Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi quvvati 75000 t/s bo‘lgan 21-10/600 uskunasida koks ishlab chiqarish sexini loyihash. Asosiy qurilma rektifikatsion kalonnasi


Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi


Download 276 Kb.
bet2/10
Sana22.06.2023
Hajmi276 Kb.
#1650738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xolmatov Qodirjon

2. Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi
Hom ashyo sifatida neft va gazokondensatlardan foydalanadi. Bulardan asosiysi neft bo‘lib, u kelish joyiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, Qorovulbozor nefti, Asaka nefti, Qumko‘l nefti va boshqalar.
Neft – qora – qo‘ng‘ir rangli, suvdan biroz yengilroq bo‘lgan moysimon suyuqlik bo‘lib, turli xil uglevodorodlarning aralashmalaridan iborat. Neftning tarkibida, uglevodorodlardan tashqari ba’zan kislorodli, oltingugurli va azotli birikmalar ham bo‘ladi. Uning aniq qaynash temperaturasi ma’lum emas. Sababi, neft tarkibidagi uglevodorodlarning har xil nisbatda ekanligidir.
Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha bo‘lib, uning solishtirma og‘irligi 0,73 bilan 0,97 orasidadir. Neft tarkibiga qattiq, suyu va gaz xolidagi uglevodorodlar kiradi.
Gaz xolidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yo‘ldosh gaz (neft qazib olishda chiqadigan gaz) xolida chiqadi. Tarkibida asosan suyuq uglevodorodlar bo‘ladigan neft – parafin asosli, qattiq uglevodorodlar bo‘ladigan neft esa – asfalt asosli neft deb ataladi.
Neftlar tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham bo‘ladi.
Neft bir emas, balki bir qancha kimyoviy birikmalar aralashmasidan iborat suyuqlik. Neft qizdirilganda uning xolatini tavsiflovchi, nisbatan qiziq xususiyatlari (hossalari) namoyon bo‘ladi. Agar neft qaynash haroratiga qadar qizdirilsa va uni shu xolatda saqlab turilsa, u butkul parlanib (bug‘lanib) ketmaydi.
Solishtirish uchun, masalan, suvni ko‘rib chiqaylik. Suv solingan idishni 100°C (212° F yoki 373 K) gacha qizdirib, haroratni saqlab tursak, suv qaynay boshlaydi va asta-sekin bug‘lanadi. Va nihoyat isitishni davom ettirsak, u butunlay bug‘lanib ketadi.
Agar suv solingan idishda termometr bo‘lsa, siz oxirgi suv tomchilarining bug‘lanishidan oldin ham harorat 100 °C atrofida saqlanib qolganini ko‘rasiz. Bunga sabab, N2 O tarkibli kimyoviy birikma. Suv aynan 100 °C da qaynaydi. Tekislikdagi atmosfera bosimi ostida suvning qaynash harorati 100°C, undan kam ham, ko‘p ham emas.
Yuqorida qayd etib o‘tganimazdek, neft bir emas balki bir necha ming turdagi kimyoviy birikmalar aralashmasidir. Ulardan bazilari juda oddiy, masalan, Ch4 (metan), ba’zilari esa murakkab masalan C85 H60 Ch4 va C85 H60 formulalari (brutto-formulalar) kimyogarlarga tushunarli bo‘lgan aniq kimyoviy birikmalarga tegishli shifrlardir. Bu masala ustida keyinroq bafurja to‘xtalib o‘tamiz. Neft tarkibiga kiruvchi ko‘pgina kimyoviy birik­malar uglevodorodlar deb atalib, uglerod va vodorodning aniq kombiiatsiyalaridan tashkil bo‘lgan atomlardan iborat.
Neft tarkibida uglerod — 83—87%, vodorod -11- 15% ni tashkil etadi. Qo‘shimcha birikmalar xolida kislorod, azot va oltiigugurt bo‘lishi mumkin. Neft xom ashyosi va dastlabki xaydash mahsulotida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar yoki ularning aralashmasi uchraydi.
Neft yer qobig‘ining 500—5000 metr chuqurligida joylashgan bo‘lib, asosiy qismi 800—2500 metrdan nasoslar yordamida qazib olinadi. Neft qudug‘i qazilganda dastlab undan neft, neftda erigan yoki birgalikda mavjud bo‘lgan gazlarning bosimi ta’sirida yer yuzasiga fontan xolida otilib chiqadi. Keyinchalik bosim pasayadi va neft kompressor orqali tortib olinadi. Qazib olinayotgan 1 tonna neft o‘zi bilan 50-100 m3 gaz, 200-300 kg suv, 10-15 kg mineral tuz va chiqindilarni birga olib chiqadi.
Quduqlardan chiqqan (20—30 ta yoki ba’zan 80 tagacha quduqdan) neft bir joyga yig‘ilib xosil qilingan aralashma tarkibidagi neft miqdori aniqlanadi. Neft bilan chiqqan gaz maxsus qurilmalarda ajaratib olinadi. Bu holda neftdagi suv 0,2-0,8% gacha, tuz esa 1 tonna neftda 0,8-1kg gacha kamayadi.
Suv va tuz miqdori kamaytirilgan neft qayta ishlash zavodlariga yuboriladi. Turli konlardan olinayotgan neft tarkibi buyicha bir-biridan farq qiladi.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling