Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi quvvati 75000 t/s bo‘lgan 21-10/600 uskunasida koks ishlab chiqarish sexini loyihash. Asosiy qurilma rektifikatsion kalonnasi
Download 276 Kb.
|
Xolmatov Qodirjon
3. Tayyor mahsulot tavsifi
Neftni qayta ishlash zavodlaridagi koksning katta qismi yumshoq materila ko‘rinishida bo‘ladi, shuning uchun shimuvchan koks deb ataladi. Bunday kokslar ko‘pincha elektrod ishlab chiqarishda, kalsiy karbid va grafit olishda ishlatiladi. Domna pechalrida cho‘yanni eritish va quyish sanoatida shimuvchan koks ishlatishga unchalik yaramaydi. Koksning ikkinchi formasi – uzun mikrokristallarga ega bo‘lgan ignali koks. Bunday koks olish uchun maxsus hom-ashyo va malakali ish uslubi lozim. Koksning bunday turi o‘zining hususiyatiga ko‘ra shimuvchan koksga qaraganda elektrod sanoatida ishlatish uchun ancha afzalikka ega. Ignali koks shimuvchan koksga qaraganda qimmatroq. Koks tarkibida ma’lum miqdorda suv va suyuq uglevadarodlar bo‘ladi. Shuning uchun ishlatishdan oldin uni quritish kerak. Koksni qizdirib maydalashdan maqsad, undagi aralashmalarni ajratishdir. Kokslash neft tarkibidagi og‘ir fraktsiyalar (smala asfalt) ni yuqori temperaturadan qizdirish yo‘li bilan koks xosil qilishdir. Bu jarayon nafaqat koks xosil bo‘lishiga, balki tiniq fraktsiyalarni chiqishini oshirishga mo‘ljallangan jarayondir. Demak, kokslashda tiniq fraktsiyalar ham hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda kokslash qurilmalari bir necha xil bo‘lib ular quyidagilardan iborat. Qizdiriladigan gorizontal kublarda kokslash davriy jarayon. Qizdirilmaydigan koks kamerasida kokslash yarim to‘xtovsiz. Qaynovchi qatlamda kokslash (to‘xtovsiz jarayon) Gorizontal qizdirilayotgan (kamera) kublarda kokslash eng eski usul bo‘lib mahsulot ochiq alangada qizdiriladi. Bu o‘ta eski usul shuning uchun deyarli qo‘llanilmaydi. Qizdirilmaydigan kameralarda kokslash yoki sekin-asta kokslash. Hozirgi vaqtda keng qo‘llaniladi. Bu jarayon yarim to‘xtovsiz jarayon deyiladi Xom ashyo pechda dastlab 490-5100S temperaturagacha qizdiriladi. So‘ngra tashqi tomonidan izalyattsiolangan koks kamerasiga beriladi. U yerda xom ashyo issiqligi xisobiga kokslanadi. Ma’lum vaqtdan keyin kokslanadi. Hom ashyo smala asfaltenlarga boy bo‘lgan og‘ir qoldig‘i bo‘lgan uchun yuqori temperaturada pechlarning o‘zida kokslanish xavfi bor. Shuning uchun reaktsion pechlarni bir me’yorda ishlashini ta’minlash uchun xom ashyo kerakli temperaturagacha qizimaguncha koks kamerasiga tushmaydi. Bu esa pech radiant trubalarining yuqori issiqlik kuchlanishi xom ashyoni pech trubalarida yuqori tezlikda xarakatlanish va maxsus konstruktsiyadagi pechlardan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sekin-asta kokslash jarayoni xom-ashyoni berish va gaz qoldig‘i distillyatlarini chiqarib olish bo‘yicha to‘xtovsiz koksni kameradan chiqarib olish davriy ravishda amalga oshiriladi. Pech trubalarning kokslanishini oldini olish, oqimni tezligini orttirish uchun qizdirilayotgan xom ashyoga trbulizator (suv bug‘lari kondensati) qo‘shiladi. Har bir qurilmada 2 tadan ortiq reaktor o‘rnatiladi. Bittasi xom ashyo bilan to‘ldiriladi. Bu vaqtda 2 chi reaktordan koks chiqarib olinadi. Yirik qurilmalarda 4 tagacha reaktor o‘rnatiladi. Bu reaktorda koks satxi ma’lum darajaga yetganda 2 chi reaktor ulanadi va shunday qilib amalda to‘xtovsiz jarayon boradi. To‘lgan reaktor bug‘latiladi. Suv bilan sovutiladi va koks gidravilik keskich yordamida yuqori bosimli suv bilan kesiladi. Tegishli bosimni xosil qilish uchun maxsus nasoslardan foydalanadi. Reaktordan koks chiqarib olingandan so‘ng reaktor berkitilib bug‘ bilan siqiladi. Ishlab turgan reaktordagi kokslash bug‘lari bilan qizdiriladi va extiyotlik bilan ishga tushiriladi. Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling