Farg'ona okrugi reja
Download 105.46 Kb.
|
FARG\'ONA OKRUGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simliklari va hayvonot dunyosi.
- Fargʻona okrugi
Tuproqlari. Farg‘ona okrugining geologik va yer yuzasining tuzilishi, iqlimi, yerosti suvlarining xususiyatlari bir xil bo‘lmaganligi sababli uning tuproqlari ham xilma-xil. Uning markaziy past qismida, Sirdaryo qayirlarida o‘tloq, o‘tloq-botqoq, grunt suvi yuza joylarda botqoq-sho‘rxok, sho‘rxok, Yozyovon va Qoraqalpoq cho‘lida qumoq, qumli tuproqlar hosil bo‘lgan. Okrugning yerosti suvlari chuqur bo‘lgan tekislik qismida va adirlarda och tusli, oddiy (tiрik) va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan.
O‘lkaning 300-500 m balandliklarida och tusli bo‘z tuproqlar (chirindi miqdori 1-1,5 foiz), 500-800 m balandliklarda oddiy bo‘z tuproq (chirindi miqdori 1,5-2,5 foiz) tarqalgan. Okean sathidan 800-1400 m balandliklarda to‘q tusli bo‘z tuproqlar (chirindi miqdori 3,5-4 foiz) tarqalgan. O‘simliklari va hayvonot dunyosi. Okrugning markaziy qismidagi sho‘rxok yerlarda pashmak, baliqko‘z, seta, sho‘ra, yulg‘un, qumli yerlarida esa juzg‘un, quyonsuyak, saksovul o‘sadi. Sirdaryo qayirlarida yantoq, yulg‘un, qamish, tol, yovvoyi jiyda uchraydi. Adirlarda bahorda rang, qo‘ng‘irbosh, shaytonkavush o‘sadi, ular yozda qurib qoladi, so‘ngra oq kavrak, oq shuvoq, qizil burgan, chalov o‘sishni davom ettiradi. Okrugga tutashgan tog‘ yonbag‘irlarida archa, terak kabi daraxtlar ham o‘sadi. Okrugning markaziy qismidagi qumli yerlarda kaltakesak, yumronqoziq, qo‘shoyoq, ilonlar hamda har xil hasharotlar yashaydi. Тo‘qaylarida chiyabo‘ri, qirg‘ovul, g‘oz va o‘rdak uchraydi. Adirlarda toshbaqa, ilon, sichqon, yumronqoziq uchrasa, tog‘larida bo‘rsiq, bo‘ri, tulki kabi hayvonlar yashaydi. Suv havzalarida zog‘orabaliq, laqqabaliq, cho‘rtanbaliq, daryolarning tog‘li qismida qorabaliq (oybaliq) uchraydi. Fargʻona okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik. Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] Fargʻona okrugi 1926-yilda tashkil topgan[1]. Markazi Qoʻqon shahri. 1929-yilga kelib okrug tarkibida 11 ta tuman boʻlgan: Oltiariq, Bagʻdod, Beshariq, Buvayda, Qoʻqon, Quva, Qudash, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Chust. 1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Farg‘ona okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi. Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash] 1926-yilda okrug aholisi 674,1 ming kishi boʻlgan. Jumladan, o‘zbeklar 80,5%, tojiklar 9,4%, ruslar 3,9%, qirgʻizlar 1,9% tashkil qilgan[2]. Manbalar Download 105.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling