Farg'ona okrugi reja
Iqtisodiyot [ tahrirlash ]
Download 105.46 Kb.
|
FARG\'ONA OKRUGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport [ tahrirlash ]
- Taʼlim [ tahrirlash ]
- Sogliqni saqlash [ tahrirlash ]
Iqtisodiyot [ tahrirlash ]Sanoat [ tahrirlash ]Ayni paytda 38 yirik sanoat korxonasi, 7930 kichik sanoat korxonasi, 446 qo‘shma korxona tarkibiga Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, “Quvasoy kvars” aksiyadorlik jamiyati, “Yevrosiyo TAPO-Disk”, “Avtooyna”, “DEU tekstil” qo‘shma korxonalari kiradi. Chet davlatlarga neft, paxta, oziq-ovqat, konserva, qurilish materiallari, avtomobil disklari, ehtiyot qismlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa mahsulotlar eksport qilmoqda. Sport [ tahrirlash ]1991-yilda Farg‘ona viloyatida atigi 17 ta stadion bo‘lgan bo‘lsa, hozir 46 759 ta futbol maydoni, 33 ta zamonaviy tennis kortlari mavjud. 2016-yilning may oyida Farg‘ona shahrida “Universiada – 2016”ning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Taʼlim [ tahrirlash ]Bugungi kunda viloyatda 946 umumta’lim maktabi, akademik litsey, 1870 maktabgacha ta’lim muassasasi, 20 kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda 5 ta oliy ta’lim muassasasi: Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali, Qo‘qon universiteti va Qo‘qon davlat texnika universiteti mavjud. Sog'liqni saqlash [ tahrirlash ]Viloyatda 839 ta tibbiyot muassasasi mavjud. Adabiyot [ tahrirlash ]18-asrdan boshlab Fargʻona vodiysida, xususan, Qoʻqonda ilm-fan, adabiyot va sanʼat ravnaq topdi. Qo‘qon xonligining tashkil topishi va uning markazlashgan davlat sifatida faoliyat yuritishi xonlik hududida o‘ziga xos adabiy muhitning shakllanishiga imkon berdi. Bu davrda Huvaydo, Shoxiy, Akmal, Nizomiy, Hoʻqandiy kabi adabiyot arboblari ijod qildilar. 19-asrda mintaqada “Qoʻqon adabiy muhiti” nomi bilan mashhur adabiyot rivoj topdi. Bu muhitning tashkilotchisi Qo‘qon xoni Muhammad Said Amir Umarxon (1787-1822) 100 ga yaqin ijodkorni saroyga jalb etib, ularning ijodi uchun moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar yaratdi. Xonning o‘zi Amir taxallusi bilan she’rlar “Devoniy” yozgan. Tarixdan ma’lumki, Farg‘ona Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar, Muqimiy, Furqat, Nodira, Uvaysiy kabi shoirlar, qator allomalar vatani bo‘lgan. Mustaqillik yillarida bu mualliflar qoldirgan boy ma’naviy meros butunlay qayta kashf etilib, ma’naviy-madaniy hayot yuksaldi. O‘zbek adabiyotining ajralmas qismi bo‘lgan Farg‘ona adabiyoti, ayniqsa, mustaqillik yillarida gullab-yashnadi. Ohunjon Hakimov, Anvar Obidjon, Iqbol Mirzo, Enaxon Siddiqova, M.Ergasheva, Yo‘ldosh Solijonov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, I.Mahmud, Bahodir Iso, Siddiq Mo‘min kabi O‘zbekiston xalq shoirlari o‘z ijodida muttasil qalam tebratib, zamondoshlarimiz obrazlarini yaratib kelmoqdalar. ishlaydi. Download 105.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling