Farg’ona Politexnika insituti 77_21guruh talabasi Rashidov Muhammadraufning metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti fanidan taqdimot ishi Sertifikatlashtirish omillari Sertifikatlashtirish - sertifikat yoki muvofiqlik belgisi vositasida buyum yoki xizmatning muayyan (ularda ko‘rsatilgan) standart yoki texnik shartlar talablariga javob berishini tasdiqlaydigan harakatdir. - Sertifikatlashtirish - sertifikat yoki muvofiqlik belgisi vositasida buyum yoki xizmatning muayyan (ularda ko‘rsatilgan) standart yoki texnik shartlar talablariga javob berishini tasdiqlaydigan harakatdir.
- Mahsulotlarni sertifikatlashtirish yuksak sifatni ta’minlash yo‘llaridan biridir.
- Sertifikatlashtirish” tushunchasining ta’rifi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ining sertifikatlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (Sertiko) tomonidan ishlab chiqildi
Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari - Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari
- odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
- mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
- mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
- iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
- mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
8. O‘z SMTda mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - 8. O‘z SMTda mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- a) SO ga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni ko‘rib chiqish;
- b) taqdim etilgan mahsulot MH va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;
- v) ariza bo‘yicha qaror qabul qilish;
- g) sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash
- d) namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish
- e) namunalarni ASL da sinovdan o‘tkazish
- j) mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash
- z) sifat tizimini baholash
- i) mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash
- k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish;
- l) muvofiqlik sertifikatini O‘zR SMT Davlat reyestrida ro‘yxatga olish
Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish - Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish
- Mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma asosida sertifikatlashtirish faoliyatini hamda sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar o‘tkazish faoliyatini amalga oshiradilar.
Mahsulotlar sertifikatlashtirilayotganda arizachiga sertifikatni yoki muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi muvofiqlik sertifikatini bergan akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi.
Sertifikatlashtirishning qonuniy asoslari (O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunlari). - 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan ”Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonun Respublikamizda sertifikatlashtirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratib berdi. Mazkur qonunning mantiqiy davomi sifatida Respublikamizda 1996 yil 26 aprelda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, 1997 yil 30 avgustda “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonunlar qabul qilindi.
- O‘zR ning “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni bilan iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari Davlat tomonidan himoya qilinishini kafolatlandi,
- Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir
Do'stlaringiz bilan baham: |