Farg’ona politexnika insituti Energetika fakulteti 55-20 guruh talabasining“Falsafa” fanidan taqdimot ishi
Download 69.48 Kb.
|
boburmirzo falsafa
Farg’ona politexnika insituti Energetika fakulteti 55-20 guruh talabasining“Falsafa” fanidan taqdimot ishiTayyorlovchi: Boqidinov BoburmirzoMavzu:Ahloqiy qadriyatlar (Etika)Reja:
Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. G`arbda esa “Axloqshunoslik” “Etika” nomi bilan mashhur. Biz ham yaqin-yaqingacha ushbu atamadan foydalanib kelar edik. “Etika” atamasi yunoncha “ethos” so`zidan olingan bo`lib “odat”, “fe`l”, “fikrlash tarzi” singari ma`nolarni anglatadi. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta`limotni fan darajasiga ko`targanlar va “Etika” deb ataganlar. Axloqiy qadriyatlar bu odamlar qanday xatti-harakatlar to'g'ri va qanday xatti-harakatlar noto'g'ri ekanligi haqidagi g'oyalar va e'tiqodlar. Odamning axloqiy qadriyatlari ijobiy va boshqalarning farovonligi uchun yaxshi deb hisoblangan urf-odatlar va me'yorlarga ega bo'lganda aytiladi. Axloqiy qadriyatlarga misollar - samimiylik, saxiylik, hurmat, mehr-oqibat yoki xayrixohlik. Bu yaxshi deb hisoblangan xatti-harakatlar. Shuning uchun, ushbu turdagi qadriyatlarga ega bo'lgan kishi axloqiydir. Qolgan narsalar axloqsiz odam ishi, ya'ni noto'g'ri xatti-harakatlardir. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o'zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti-harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan chiroylilikka nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti-harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma-xil ko'rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe` bo`ladi, ya’ni axloqiy xatti-harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo`linadi. Ulardan biri - obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik (gumanitar) axloqi. Endi qisqacha ulaming mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz. «Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, - deb yozadi Erix Fromm, - bir odam — obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o`zni tutish qonun- qoidalari va me’yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-qoidalar va me`yorlarni o‘zi yaratishi, o`zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi. ADABIYOTLAR 1.Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. –T.: O‘FMJ, 2010. 2.Abdulla Sher. Estetika. Darslik. – T.:O‘zbekiston, 2016. 3. Falsafa. Axmedova M. tahririostida.-T.: UFMJ, 2006. Download 69.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling