Farg’ona Politexnika instituti Kimyo texnologiya fakulteti 77-18 guruh talabasi Muhammadali Xusanovning


Download 20.77 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi20.77 Kb.
#262630
  1   2   3   4

Farg’ona Politexnika instituti

Kimyo texnologiya fakulteti

77-18 guruh talabasi

Muhammadali Xusanovning



''Metrologiya, standartlashtirish

va sertifiktlash'' fanidan

4-amaliy mashg’ulot

Metrologiya bо’yicha asosiy atamalar, kattaliklar va kattalikni о’lchamligi

Ishdan maqsad: Metrologiya bo’yicha asosiy atamalarni izohi hamda asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklarni keltirib chiqarishni o’rganishdan iboratdir. Metrologik me’yyorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o’zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

JAVOBLAR

1-JAVOB

O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to’g’risida»gi Qonunida metrologiya bo’yicha quyidagi asosiy atamalarning izohi berilgan.



Metrologiya — o’lchashlar, ularning yagona birlikda bolishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish usullari to’g’risidagi fan.

O’lchashlar birliligi — o’lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o’lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma’lum bo’lgan holat.

O’lchash vositalari — o’lchashlar uchun foydalaniladigan va me’yyorlangan metrologik xossalarga ega bo’lgan texnik vosita.

Birlik etaloni — o’lchov birligini boshqa o’lchash vositasiga o’tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi.

Davlat etaloni — O’zbekiston Respublikasi hududida o’lchov birligining o’lchamini o’rgatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang’ich etalon sifatida tan olingan etalon.

Metrologik xizmat — davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o’lchovlar birliligini ta’minlashga yo’naltirilgan faoliyati.

Davlat metrologik nazorati — metrologiya qoidalariga amal qilinayotganligini tekshirish maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat.

O’lchash vositalarini qiyoslash — o’lchash vositalarining o’rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatli idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmuyi.

O’lchash vositalarini kalibrlash — o’lchash vositalarining metrologik tafsilotlarining haqiqiy qiymatlari va qo’llanishga yaroqli ekanligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmuyi.

O’lchash vositalarini tayyorlash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish)ga litsenziya — ko’rsatilgan faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigan hujjat.

O’lchash vositalarini metrologik attestatsiya qilish — yagona namunalarda ishlab chiqarilgan (yoki O’zbekiston hududiga yagona namunalarda keltirilgan) o’lchash vositalari, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qo’llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.

Davlat metrologiya nazorati — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat.

O’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish — o’lchov vositalarining belgilab qo’yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmuyi.

Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish — metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalaming belgilangan akkreditatsiya qilish doirasida o’lchovlar birliligini ta’minlash bo’yicha ishlarni o’tkazishga huquqligini rasmiy tan olish.

Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari, o’lchov vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditatsiya qilish — yuridik shaxslar metrologik xizmatlarning belgilangan sohada o’lchov vositalarini kalibrlashni o’tkazish huqiqining rasmiy tan olinishi.

O’lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish — o’lchashlami bajarish metodikasining unga qo’yilgan metrologik talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida o’tkaziladigan tadqiqot.

O’lchashlarni bajarish uslubiyoti — o’lchashlar natijalarini avvaldan ma’lum xatolik bilan olishni ta’minlaydigan ishlar va qoidalar majmuyi.

O’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi — bu davlat tomonidan tartibga solinadigan o’lchashlar birliligini ta’minlash bo’yicha ishlami o’tkazish talablari, qoidalari, nizomlari, me’yyorlari va tartibini belgilovchi, o’zaro bogliq va bir-birini taqozo qiluvchi xalqaro, davlatlararo va milliy me’yoriy hamda metodik hujjatlar majmuyidir. Bunday hujjatlar majmuyi metrologiya bo’yicha milliy idora tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) mamlakat hududida foydalanishga kiritiladi.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi O’lchashlar davlat tizimi (0’z 0’DT)da «O’zstandart» agentligi kiritgan 3000 dan ortiq turli toifa va darajadagi me’yyoriy va metodik hujjatlar bor.

Metrologik xizmat— davlat idoralari va yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining tarmoqlari va ularning o’lchashlar birliligini ta’minlashga yo’naltirilgan faoliyati.

O’lchashlar birliligini ta’minlash tizimining tashkiliy asosi davlat metrologik xizmati va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlaridan tashkil topgan.


Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling