O’zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati.
«O’zstandart» agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga Qoraqalpog’lston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologik xizmat idoralari kiradi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati — o’lchashlar birliligini ta’minlash bo’yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada (tashkilotda) metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Kattalik —sifat tomonidan kо’pgina fizikaviy obyektlarga (fizikaviy tizimlar, ularning holatlari va ularda o’tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo’lib, miqdor tomonidan har bir obyekt uchun xususiy bo’lgan xossadir.
Muayyan guruhlardagi kattaliklar orasida o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib, uni fizikaviy bog’lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o’tilgan masofa bo’yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog’lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo’lib ko’riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |