Farg`ona politexnika instituti «kompyuterlashgan loyihalash tizimlari» fakulteti


Download 299.5 Kb.
bet6/12
Sana04.05.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1424921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Muxtorjon

2.2 Mikroprotsessorlar.
MP – bu funktsional to’tallangan, programma orqali boshqariladigan qurilmadir. MP arifmetik logik-qurilmadan, boshqaruvchi qurilmadan, ichki registrlar va interfeys vositalaridan (ALQ, BQ, registrlarni bir-biri bilan va tashqi apparatlar bilan bog’laydigan shinalardan) tuzilgan.
MP elektron elementlari yuqori integratsiyalangan bitta yoki bir qancha integral sxemada tayyorlangan qurilmadir.
MP tanlangan qator buyruqlar yordamida ma’lumotlarni arifmetik logik qayta ishlashini amalga oshiradi, xotira qurilmasiga kirish-chiqish va boshqa tashqi qurilmalarga murojaat qiladi (1.1rasm). MP da "Mikro" so’zi protsessorning sxemasini yuqori integratsiyalanganligini bildiradi. MP oddiy protsessorlarga nisbatan narxining pastligi, energiyani kam iste’mol qilishi, yuqori darajada mustahkamligi bilan farq qiladi.[1,2].



2.1-rasm. MP sistemasining soddalashtirilgan sxemasining ko’rinishi.

Oddiy protsessorlar kichkina va o’rta darajadagi integratsiyalangan integral sxemalarda bajarilgan. Aniqroq qilib aytganda, MP bu programmalashtiriladigan yoki sozlanadigan KIS, yoki aniqrog’i mantiqiy funktsiyalari programmalashtiriladigan KIS. MP qiymatlarni boshqara oladigan, ma’lumotlarni qayta ishlay oladigan va boshqa vazifalarni amalga oshiraoladigan qurilmadir. Shu tufayli u universal KIS ga aylandi.


Katta integral sxemali MP ga xotira qurilmasi, interfeys va kirish/chiqishni boshqaruvchi bir nechta almashuvchi platalardan biriga bitta yoki bir nechta KIS joylashtirib tugallangan boshqaruvchi qurilma yoki berilgan qiymatlarni qayta ishlaydigan kontroller olinadi.
Mikroprotsessor kompyuterning eng asosiy qurilmasi hisoblanadi. U asosiy arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni, hisoblash jarayonini bajaradi va kompyuterni barcha qurilmalarining ishini boshqaradi. (CPU – Central Processing Unit).[7,10].
Markaziy protsessor o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan:

  • arifmetik-mantiqiy qurilma;

  • berilgan va adreslar shinasi;

  • registrlar;

  • buyruqlar hisoblagichi;

  • KESH (juda tezkor xotira 8-512 MB); – o’zgaruvchi nuqtali sonlar matematikasi soprotsessori.

Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessor ko’rinishida ishlab chiqiladi. Fizik jihatdan mikroprotsessor bir necha mm2 da maydondan iborat kichkina to’g’rito’rtburchak shaklidagi kremniy kristalidan yasalgan qalinligi juda kichik bo’lgan plastinkadan iboratdir. Ushbu plastinka protsessorning barcha funktsiyalarini bajaradi. Kristall plastinka odatda plastmassa yoki keramikadan yasalgan yassi korpusga joylashadi va metall shtikerlarga oltin o’tkazgichlar bilan bog’lanadi. Hisoblash sistemasida bir necha parallel ishlaydigan protsessorlar bo’lishi mumkin. Bu sistemalar ko’p protsessorli deb ataladi. Eng birinchi mikroprotsessor 1971 yilda Intel (AQSH) firmasida ishlab chiqarilgan va u mikroprotsessor – 4004 deb atalgan. Hozirgi paytda yuzlab xildagi mikroprotsessorlar ishlab chiqarilgan, lekin ularning eng mashxurlari Intel va AMD. 80386 Mikroprotsessori.
80386 mikroprotsessori bozorga alohida yutuq bilan chiqdi. U o’zidan oldingi mikroprotsessorda yozilgan dasturiy ta’minotni qo’llovchi yagona 32-razryadli mikroprotsessor bo’lib hisoblanadi. 8086/88 dan 80286 gacha bo’lgan mikroprotsessorlarda yozilgan ixtiyoriy dastur bu mikroprotsessorlarda xech qiyinchiliksiz o’qiladi. Shuningdek bu mikroprotsessorning bir necha yutug’i uning ko’p amalligi, xotirani boshqarish qurilmasi, sahifalarga ajratilgan virtual xotira, dasturlar himoyasi va ulkan adresli muhiti hisoblanadi.
80386 mikroprotsessor Intel firmasining CHMOS III texnologiyasi bo’yicha yaratilgan. CHMOS III texnologiyasi o’z tarkibiga HMOS texnologiyasining tezkorligini va CMOS texnologiyasining butun quvvatini qamrab oladi. 80386 mikroprotsessor MSDOS va UNIX operatsion tizimlarida ishlovchi dasturlarda bir-biridan o’tishini ta’minlaydi.

Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling