Farg`ona politexnika instituti «kompyuterlashgan loyihalash tizimlari» fakulteti
Download 299.5 Kb.
|
Muxtorjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4 Arifmetik mantiqiy qurilma.
2.3 Mikroprotsessorning tuzilishi.
Boshqarish qurilmasi – funktsiyasi bo’yicha shaxsiy kompyuterning eng murakkab qurilmasi hisoblanadi. U mashinaning barcha bloklariga yetkaziladigan boshqarish signallarini qayta ishlaydi. Buyruqlar registori – buyruqlar kodi saqlanadigan registr. Bu yerda bajariladigan operatsiya va operandlar manzili joylashadi. Buyruqlar registri mikroprotsessorning interfeysli qismida joylashadi. U buyruqlar registri bloki deb ataladi. Amallar deshifratori – ushbu mantiqiy blok buyruqlar registridan keladigan operatsiya kodiga mos chiqish yo’lini tanlaydi. Mikrodasturalrni doimiy saqlash qurilmasi (PZU) – o’z yacheykalarida boshqaruvi signallarni saqlaydi. Ushbu impul’slar SHK bloklaridagi bo’ladigan axborotni qayta ishlash operatsiyalarni boshqaradi. Impul’s operatsiyalar deshifratori tanlagan operatsiya kodiga muvofiq. Doimiy xotira qurilmasidan kerakli signallar ketma-ketligini o’qib oladi. Berilganlar, adreslar, instruktsiyalar kodli shinalar – mikroprotsessorning ichki shina qismi. Umuman olganda boshqarish qurilmasi quyidagi asosiy protseduralarni bajarish uchun kerakli signallarni yaratadi. schyotchik-registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan operativ xotira yacheykalarini tanlash; tezkor xotira yacheykalaridan keyingi buyruq kodini tanlash va buyruqlar registriga tanlangan buyruqni yuborish; amallar kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash; qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish impul’slarini o’qish va bloklarga yuborish; buyruqlar registri va mikroprotsessor registrlaridan operandlarni tashkil etish adreslarini o’qish; operatsiya natijalarini xotiraga yozish; dasturning keyingi buyrug’ini aniqlash. 2.4 Arifmetik mantiqiy qurilma. Arifmetik mantiqiy qurilma axborotni qayta ishlash jarayonida arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Arifmetik mantiqiy qurilma odatda ikkita registr summator va boshqarish sxemasidan tashkil topgan bo’ladi. Summator – hisoblash sxemasi, unga kelayotgan ikkilik kodlarini qo’shish amalini bajaradi. Xotiraning tezkor yacheykalari – registrlar ikki xildagi uzunlikda: 1-registr 2 so’z razryadida. 2-registr 1 so’z razryadida. Amal bajarilayotgan paytda 1-registrda 1-son joylashadi, amal natija; 2-registr 2-sonni qabul qiladi va boshqa hech narsani qabul qila olmaydi. 1-registr berilganning kodli shinasidan axborotni o’qiydi va shu shinalar orqali uzatadi. Boshqarish sxemasi kodli shinalardan boshqaruv signallarini qabul qiladi va ularni registr va summatorlarning ishini boshqaradigan signalga o’zgartiradi. Arifmetik mantiqiy qurilma arifmetik amallarni faqat butun ikkilik sonlari ustida bajaradi (+,*,/,- ). Haqiqiy va o’nlikka o’tkazilgan sonlar bilan bo’ladigan amallar faqatgina matematik soprotsessor yoki maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Download 299.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling