Farg`ona politexnika instituti Mexanika mashinasozlik fakulteti 20-21 tmj guruh talabalari Muhammadjonov Jasurbek, Mamajonov Asadbeklarning Mashinalar yaratishning texnik asoslari fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi
Download 6.84 Kb.
|
Mamajonov.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruppa shifri Gruppadagi standartlar mazmuni Standartning nomi 0
- Detal
Farg`ona politexnika instituti Mexanika mashinasozlik fakulteti 20-21 TMJ guruh talabalari Muhammadjonov Jasurbek, Mamajonov Asadbeklarning Mashinalar yaratishning texnik asoslari fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi.Mavzu: Loyiha - konstruktorlik xujjatlarini o‘rganish va tuzishKonstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi - Respublikamizdagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar ishlab chikayotgan va foydalanayotgan konstruktorlik xujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish va ishlatish bilan bog’liq bulgan tartib va qoidalarni belgilovchi davlat standartlari kompleksidir. Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi standartlarining asosiy vazifasi - korxona, tashkilot, muassasalarda konstruktorlik xujjatlariga rioya kilish, rasmiylashtirish xamda ulardan foydalanishda yagona tartib va qoidalarni joriy etishdan iborat. Bu tartib va qoidalar yordamida: 1. Korxona va tashkilot, muassasalar o’zaro konstruktorlik xujjatlarini kayta rasmiylashtirmay turib, ular urtasida bu xujjatlarni almashtira olish imkoni yaratiladi. 2. Ishlab chiqarishga keraksiz xujjatlarning takror ishlab chiqarilishining oldi olinadi xamda komplektlari stabillashtiriladi (barkarorlashtiriladi). 3. Sanoat buyumlarining konstruktorlik loyixalarini ishlashda unifikatsiya kilish imkoni kengaytiriladi. 4. Konstruktorlik xujjatlarining formalari va grafikaviy tasvirlarining soddalashtirilishi, sanoat buyumlarining mashakkatli loyixa-konstruktorlik ishlarini kamaytiradi. 5. Texnikaviy xujjatlarni va ulardagi maxlumotlarni ishlab chikishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish imkoni yaratiladi. 6. Ishlab chiqarishning texnikaviy tayyorlik sharoiti yaxshilanadi. 7. Sanoat buyumlarining ishlatish sharoiti yaxshilanadi. 8. Ishlab turgan korxonalarni tezda kayta sozlashda xujjatlarni operativ ravishda tayyorlash imkoni yaratiladi.
Standartlarning klassifikatsiya gruppalari Buyum deb yasash mumkin bulgan predmet yoki predmetlar tuplamining istalgan ko‘rinishiga aytiladi. Buyumlarga, masalan, detallar va yig‘iladigan birliklar, komplektlar va komplekslar kiradi (GOST 2.101-68). Detal deb nomi va markasi bir xil materialdan yasalgan, yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan buyumga aytiladi. Masalan, val, quyma tana va x.k.). Yig‘ma birlik deb kismlari yigish operatsiyalari yordamida yig‘iladigan buyumlarga. Masalan, reduktor, payvandlangan tana va x.k.) aytiladi. O‘quv sharoitlarida asosan 2 xil ko‘rinishdagi buyumlar qo‘llanadi - detallar va yig‘ma birliklar. Konstruktorlik xujjatlarining turlari. Ularning ishlab chiqarishdagi turlari va komplektlarini GOST 2.102-68 belgilab beradi. Bunday xujjatlar buyumlarni ishlab chiqishda, tayyorlashda, sifatini nazorat qilishda, ekspluatatsiya va ta’mirlashda ularning tarkib va qurilishini aniqlab beradi. Spesifikatsiya to‘ldirish. Davlat standarlariga muvofiq spesifikatsiya xar bir yi g‘ma birlik uchun aloxida varaqlarga tuziladi. Biroq bajarilayotgan loyihaning xarakterini xisobga olib buyum spesifikatsiyasini aloxida uzel yoki bir butun mashinaning umumiy ko‘rinishi chizilgan varaqda joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Download 6.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling