Farg’ona politexnika instituti qurilish fakuteti gk va k kafedrasi 9-21-guruh talabasining yer huquqi va kadastri fanidan yer kodekisining 22-26- moddalar tahlili mavzusida tayorlagan taqdimoti bajardi Ilhomjonov m qabul qildi g’aniyev y


Download 0.5 Mb.
bet5/8
Sana02.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1147949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
farg’ona politexnika instituti 2

Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi bozor qiymatini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lashi kerak.

  • Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi bozor qiymatini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lashi kerak.
  • Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarining ijarasiga oid shartnoma tuman (shahar) hokimi bilan tuziladi.
  • Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo‘yishi mumkin.
  • Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘z ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.
  • Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.
  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan o‘lchamlarda o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi.
  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
  • Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi.
  • Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.
  • Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
  • Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
  • Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling