Farg’ona politexnika instituti qurilish fakuteti gk va k kafedrasi 9-21-guruh talabasining yer huquqi va kadastri fanidan yer kodekisining 22-26- moddalar tahlili mavzusida tayorlagan taqdimoti bajardi Ilhomjonov m qabul qildi g’aniyev y


Download 0.5 Mb.
bet4/8
Sana02.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1147949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
farg’ona politexnika instituti 2

24-modda. Yer uchastkasi ijarasi

  • 24-modda. Yer uchastkasi ijarasi
  • Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
  • 1) ochiq elektron tanlov natijalari asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
  • 2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
  • qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga ko‘ra — davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga;
  • yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravaridan ortiq miqdordagi pul mablag‘lari depozitga qo‘yilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimining taklifiga ko‘ra — agrosanoat klasterlariga;
  • qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
  • elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  • Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling