Farg`ona politexnika instituti


KURS IShINI RASMIYLAShTIRISh


Download 159 Kb.
bet6/9
Sana15.01.2023
Hajmi159 Kb.
#1093828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
КИваМ курс иши

KURS IShINI RASMIYLAShTIRISh

Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi kerak.


Kurs ishi qo`lyozma usulida 11 bichimli qog`ozda maxalliy xujjatlarga qo`yilgan talablar asosida bajariladi. Masalan, qog`ozning chap tomonidan - 3,0 – 3,5 sm; yuqoridan - 2,0 sm; o`ng tomondan 1,0 – 1,5 sm va pastki qismdan – 2,5 sm qoldiriladi. Ish saxifalanadi, betlar soni qog`ozning tepa tomonida yoki pastki tomonida ko`rsatiladi. Jadvallar, grafik chizmalar esa raqamlashdan tashqari nomi xam yozilishi kerak. Javdalning o`ng tepa burchagi ustida tartib raqami va nomi ko`rsatiladi.
Har xil adabiyotlardan umumiy jumla va belgilashlarni so`zma – so`z ko`chirishga ruxsat berilmaydi. So`zlarni qisqartirishga faqat umumiy qabul qilingan (kg., t., m., sm va x.k) standartlar asosida ruxsat beriladi.
Kurs ishi mundarijasining ish boshida joylashtirish maslahat beriladi va u, odatda, 3- sa’hifadan boshlanadi.
Kurs ishining umumiy xajmi 18 – 25 betlar atrofida bo`lishi tavsiya etiladi.
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: titul varag`i, kurs ishi topshirig`i, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, ilova xamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Ilovada turli xujjatlar katta xajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qog`oz qo`yilishi maqsadga muvofiqdir.


VIII. KURS IShI HIMOYaSI

Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarishning yakuniy bosqichlaridan biri xisoblanadi.


Talabalar kurs ishini kafedra tomonidan belgilangan ilmiy rahbar (o`qituvchi) nazoratida bajaradilar. Rahbar o`qituvchi kurs ishini ijobiy baholagandan so`ng ish kafedraga belgilangan muddatda taqriz uchun topshirilishi kerak. Barcha kurs ishlari kafedra mudiri ruxsati bilan taqrizdan o`tkaziladi. Ijobiy baholangan ishlar maxsus komissiya ishtirokida himoya qilinmog`i shart.
Agar kurs ishlari talab darajasida bo`lmasa, bu ishlar qayta ishlash uchun talabaga qaytariladi.
Kurs ishiga taqriz yozishda quyidagilarga e’tibor berishni maslahat beramiz:

  1. Kurs ishining mazmuni, unda yo`l qo`yilgan nuqson va kamchiliklarni tuzatish yo`llarini ko`rsatgan ‘olda tegishli muloxazalarni aniq va ravshan qilib yozish;

  2. Taqrizda ishning ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur taxlil etish va shu bilan talaba yaxshi o`zlashtirmagan eng muhim masalalarni tushuntirib berish;

  3. Yoziladigan muloxazalarda va taqrizning o`zida o`quv materiali xajmida mustaqil bajariladigan ishga g`oyaviy yo`l ko`rsatish;

  4. Xozirgi davr iqtisodiyoti bilan bog`liq nazariyalarni amaliyot bilan uzviy bog`lanish yo`llarini talabalarga keng tushuntirish;

  5. Milliy vatanparvarlik g`oyasi, milliy mafkura haqidagi tushunchalarni talabalar ongiga singdirish va ularni muayyan g`oyaga ishontirish.

Kurs ishi taqrizchi tomonidan e’tibor bilan o`qib chiqilishi, imlo va stilistik xatolar tuzatilishi xamda ko`rsatilishi kerak. O`qituvchi so`zlarni qisqartirib yozmasligi shart. Taqriz o`qituvchining mulohazalari, istak va maslahatlari bo`lib, u har bir talabada shularga muvofiq ravishda ish olib borishga, “Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti” kursini ijobiy tarzda o`rganishga yordam berishi kerak.
Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baholanadi, so`ngra himoya yakuni bo`yicha komissiya qarori chiqariladi. Kurs ishi (loyixalari) qaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedra arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari ko`riklariga tavsiya qilinishi mumkin.
Kurs ishida bayon qilingan ma’lumotlardan talabalar tomonidan bitiruv ishlarini yozish jarayonida foydalanish mumkin.

Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling