Farg`ona politexnika instituti
Download 159 Kb.
|
КИваМ курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’LUMOTLARNI TO`PLASh VA QAYTA IShLASh
- VI. KURS IShI MATNINI YoZISh
Mavzu: «RAQOBAT VA BAHO»
REJA KIRISh Raqobat haqida tushuncha va uning turlari. Ishlab chiqarishdagi yakka xokimlikka qarshi kurashda raqobatning roli. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho va uning vazifalari. Baho tizimi va tarkibi. XULOSA Ilova Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. MA’LUMOTLARNI TO`PLASh VA QAYTA IShLASh Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar va boshqa manbalar asosida mavzuni har tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar to`playdi va ular bo`yicha xisob – kitoblarni amalga oshiradi. Bu bosqichda iqtisodiy taxlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi. Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi statistik ma’lumotlar taxliliga asoslangan bo`lib, mavzuga xos muammolar, takliflar, sxema, jadval va diagrammalarda mujassamlashtirilgan bo`lishi lozim. VI. KURS IShI MATNINI YoZISh Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich xisoblanadi. Kirish qismida talaba tanlangan mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, shuningdek mavzuning o`rganilganlik darajasi, ishning ob’yekti va predmeti, uslubiy asoslari, axborot bazasi, ilmiy yangiliklari, nazariy va amaliy ahamiyati bayon qilinishi talab qilinadi. Kirish qisqa, maksimal isbotlangan bo`lishi lozim. Uni yozish davomida dalvat qarorlari va boshqa xujjatlardan foydalanish kerak. Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bog`liq bo`lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda ushbu yo`nalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi xam bayon etilishi kerak. Nazariy tomondan o`rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so`ngra, talaba nazriy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o`zaro bog`lay olishi kerak. Kurs ishining xulosa qismida mavzuga yakun yasaladi va uning muvoffaqiyatlari bayon etiladi. Unda talaba o`zining ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan taklif va xulosalarni bildiradi hamda ularni amalda tadbiq etish yo`llarini ishlab chiqadi. Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan tsitatalar va mualliflarning qarashlari qo`shtirnoq ichida berilishiga e’tibor berishi kerak. Ishning oxirida foydalanilgan adabiyotlarning to`liq ro`yxati berilishi kerak. Bunda, albatta, muallifning familiyasi, ismining bosh harfi, kitob, jurnal yoki gazetaning nomi, bosmadan chiqqan joyi va yili ko`rsatilishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar adabiyotlar ro`yxati shunday tartibda bajariladi: Respublika Prezidenti asarlari, xukumat qarorlari, darsliklar, uslubiy qo`llanmalar va ko`rsatmalar, ma’ruza matnlari va x.k. Kurs ishini yozishda talaba, avvalo, rahbarning ko`rsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir. Kurs ishini yozishda talabaning dastxati tushunarli darajada, chiroyli va aniq yozilishi talab etiladi, grammatik va statistik xatolar bo`lmasligi zarur. Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling