Farg`ona politexnika instituti
II. KURS IShI MAVZUSINI TANLASh
Download 159 Kb.
|
КИваМ курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. ADABIYoTLAR TO`PLASh VA ULARNI O`RGANISh
II. KURS IShI MAVZUSINI TANLASh
Mavzu tanlash kurs ishini bajarishning birinchi bosqichidir. Talabalari mavzu tanlashda o`z korxonalari iqtisodiy xayotiga yaqin, kelajakda bitiruv ishiga asos bo`ladigan mavzu tanlasalar maqsadga muvofiq bo`ladi. U tavsiya etilgan mavzulardan birini o`z ixtiyori bilan reyting daftarchasining oxirgi 3 ta soniga asosan mavzulardan birini tanlab oladi. Talaba fan bo`yicha ma’ruzalarni tinglab, “Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti” kursining tegishli qismini o`rganib chiqqanidan so`ng mavzu tanlansa, to`g`ri bo`ladi. Bu esa talabalarning kurs ishi yuzasidan tanlab olgan mavzusi mazmuni haqidagi aniq tasavvurlarini kengaytiradi. Kurs ishini muvaffaqiyatli bajarilishining muhim omili – bu talabaning o`z qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi xisoblanadi. Shuning uchun ushbu bosqichda talaba mavzuni tanlashda sinchkov va ma’suliyatli bo`lishi lozim. Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan bo`lishi bilan bir qatorda davr talabi sharoitidan kelib chiqib belgilanishi maqsadga muvofiq. Kurs ishi rahbari talabaga tanlagan mavzu bo`yicha kurs ishi topshirig`ini rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan so`ng topshiriqni talabaga beradi. Kurs ishi topshirig`ida talabaning ismi sharifi, mutaxassisligi, kursi, guruxi, fan nomi, kurs ishi mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda na’munaviy reja (kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) xamda adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va shu kabilar aks etishi lozim. Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini o`zgartirish yoki boshka mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi. III. ADABIYoTLAR TO`PLASh VA ULARNI O`RGANISh Kurs ishini yozish uchun har bir talaba o`z mavzusiga muvofiq keladigan adabiyotlarni o`rganib chiqadi. Bu esa talabalarga materiallarni tanlab olish, ularni chuqur o`rganish, umumlashtirish, bir tizimga solish va bu ma’lumotlarni taxlil qilib xulosalar chiqarish kabi xususiyatlarni o`zlarida shakllantira borishlarida yordam beradi. Kurs ishini bajarishda, avvalo, darsliklar, o`quv qo`llanmalari va ko`rsatmalar xamda kerakli boshqa materiallarni o`rganish lozim. Adabiyotlar va manbalar bilan ishlashni mamalkatimizdagi iqtisodiy qonunchilikka doir bo`lgan qonun va me’yoriy xujjatlarni o`rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo`ladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy yondashilgan kurs ishini bayon etish uchun iqtisodiy qonuniyatlarni bilish va ularni qo`llash katta ahamiyatga ega. Kurs ishini bajarishda faqat uslubiy qo`llanmalardan va kurs ishi topshirig`ida tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim. Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling