Farg`ona politexnika instituti


IV. KURS IShI REJASINI TUZISh


Download 159 Kb.
bet4/9
Sana15.01.2023
Hajmi159 Kb.
#1093828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
КИваМ курс иши

IV. KURS IShI REJASINI TUZISh

Reja tuzish mavzu asosida kurs ishi yozishning muhim bosqichidir. Ishning rejasini talaba mustaqil tuzishi kerak. So`ngra o`z rejasini raxbar o`qituvchi bilan bamaslahat kelishib oladi.


“Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti” bo`yicha kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashkil topadi. Kirish qismi tanlangan mavzuning hozirgi ahvoli, uning zaruriyatini ishlab chiqarish darajasi, bajarilayotgan ishning maqsad va vazifalarini baholashga bag`ishlanadi. Kirish qismida tanlangan ob’yektning aniq nomlanishi (korxona, tashkilot), uning predmeti, mavzuning uslubiy va nazariy asoslari ko`rsatilishi zarur. Asosiy qism 2 yoki 3 bo`limdan iborat bo`lishi mumkin:

  1. Uslubiylik yoki nazariy qism;

  2. Tahliliy qism;

  3. Amaliy qism;

Rejada ko`zda tutilgan asosiy masalalar tarkibi mavzuning moxiyatidan kelib chiqib, aniq bo`lishi va o`rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi har bir masala o`zaro bog`langan bo`lishi lozim, ularni yoritishda esa korxona, tashkilotning amaliy ish faoliyatiga bog`langan bo`lishi xam e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Quyidagi ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda.


Mavzu: «MEHNAT BOZORI, AHOLI BANDLIGI VA IShSIZLIK»


REJA

KIRISh


  1. Mehnat bozorining ijtimoiy – iqtisodiy mazmun va moxiyati.

  2. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aholi bandligi va ishsizlik.

  3. Ishsizlikning bozor munosabatlariga o`tish davridagi ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va oqibatlari.

  4. O`zbekistonda ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilish.

XULOSA
Ilova
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Mavzu: «IShLAB ChIQARISh VA UNING OMILLARI»


REJA

KIRISh
1. Ishlab chiqarish haqida tushuncha va uning mohiyati.


2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamda jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish omillari.

  1. Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari, foyda va rentabellik ko`rsatkichlari.

XULOSA
Ilova
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.



Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling