Farg`ona politexnika instituti
Download 159 Kb.
|
КИваМ курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. KURS IShINING MAQSADI VA VAZIFALARI
- Kurs ishi
K I R I ShKurs ishining asosiy maqsadi - talabalarda mustaqil ishlashni joriy etish bo`lib, talabalarda ilmiy – izlanish ishlarini mustahkamlashdir. Uni bajarish davomida talabalar xukumat qarorlariga amal qilishlari kerak va ilg`or xo`jaliklarning erishgan yutuqlaridan amalda foydalanishlari lozim. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda umumiqtisodiy va ixtisoslik yo`nalishidagi fanlar bo`yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo`yicha adabiyotlarni chuqur o`rganadilar va o`zlarida ilmiy – ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Ushbu uslubiy ko`rsatma “Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo`yicha yangi o`quv dasturi va o`quv rejasi asosida tuzilgan bo`lib, unda talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilinishi lozim bo`lgan umumiy tartib qoidalar, me’yorlar, tegishli ko`rsatma va maslahatlar berilgan. Uslubiy ko`rsatmani ishlab chiqishda muallif talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo`ygan. I. KURS IShINING MAQSADI VA VAZIFALARI Kurs ishi – “Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti” fanining muxim mavzularidan birini o`rganish bo`yicha talabalar mustaqil faoliyatining natijasi xisoblanadi. Chunki talaba kurs ishini yozish jarayonida fan bo`yicha olgan bilimlarini birinchi marta amaliy jixatdan foydalanadi. Kurs ishining maqsadi – talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyati va olingan bilimlarining chuqurligini va sifatini belgilash xisoblanadi. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: Kurs ishini bajarishdan maqsad, talabaning ayni fan bo`yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, matbuot sahifalari bilan ishlashni o`rganish, kerakli ma’lumotlarni tayyorlashni o`rganish bo`lib, talabaning mavzu ustida mustaqil ishlashni talab etiladi. Tanlangan mavzu bo`yicha to`g`ri reja tuza bilish talab etiladi. Chunki, kurs ishining mazmunan to`g`ri ifodalanishi, mantiqan to`g`ri yoritilishi, asosan mavzu yuzasidan tuzilgan rejaga bog`liqdir. E’tibor bering! Reja – kurs ishining «oynasi» dir. Tuzilgan rejaga kurs ishining mazmuni javob bersin. Kurs ishi uchun adabiyotlar tanlash va undan o`z mavzusi mazmuniga xos tarzda foydalana bilishning o`zi talabaning bilim darajasini, dunyoqarashini ko`p jihatdan baholashga yordam beradi. Avvalo fanga doir asosiy darslik va qo`llanmalar mazmuni bilan yanada chuqur tanishish, so`ngra mavzuga doir ilmiy adabiyotlar, matbuot sahifalaridan olingan materiallardan keng foydalanish kurs ishini mazmunan boyitadi. Kurs ishini mavzusini yoritish davomida statistik materiallar ma’lumotlaridan foydalanish – talabaning masalaga bo`lgan qarashlarini isbotlashga yordam beradi. Kurs ishida satistik ma’lumotlarning olinayotgan joyi va vaqti aniq belgilanishi talab etiladi. Kurs ishi uchun matbuot sahifalari va adabiyotlardan statistik ma’lumotlar olish bilan bir qatorda, eng yangi ma’lumotlarni viloyat va respublika statistika boshqarmalaridan olib foydalanish mumkin. Kurs ishida keltiriladigan statistik ma’lumotlarning jadval ko`rinishlarida ifodalangan raqamlarning o`lchov birliklari albatta berilishi, jadval nomlanishi, tartib raqami berilishi talab etiladi. Kurs ishini yoritish davomida talabaning mavzu mazmuniga xos ravishda ishtimoiy-iqtisodiy xayotdan o`z yashab turgan joyga bog`lab bildirgan mustaqil fikr va mulohazalari, ayniqsa, qimmatlidir. Bu talabaning yuqori baholanishining bosh mezonlaridan biri bo`ladi. Kurs ishi mavzusiga ilmiy tarzda yondoshgan holda imlo xatolarisiz yoziladi. Mavzu yuzasidan bildirilayotgan fikrlar mavzu mazmuni va rejasidan chetga chiqmasligi zarur. Kurs ishi oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati alifbo tartibida, belgilangan qoidaga ko`ra berilishi talab etiladi. Kurs ishi yoritilgan sahifalar raqamlanishi, kurs ishi matnining o`zi 18-25 sahifa atrofida bo`lishi, ish papkaga tikilgan holda topshirilishi talab etiladi. Kurs ishida Prezident asarlari Oliy maljis qarorlari yoritilgan adabiyotlar ro`yxati alohida ko`rsatiladi. Kurs ishini bajarishda tanlangan mavzu bo`yicha quyidagi jarayonlarning ijrosi talab qilinadi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Oliy majlis Qarorlari hamda Vazirlar Maxkamasi qarorlari va ko`rsatmalari bo`yicha mazkur mavzuga taaluqli xolatlarni bilish, shuningdek prezident asarlaridan mukammal foydalanish; Mavzu bo`yicha chop etilgan ilmiy ishlar (maqola va boshqalar) dan unumli foydalanish; Statistik va amaliy ma’lumotlarni o`rganish va ulardan keng foydalanish; Barcha texnik- iqtisodiy jurnallardan va gazetalardan foydalanish, internet sahifalaridan foydalanish. Ishlab chikarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yo`l - yo`riqlar, xulosalar va ko`rsatmalarni ishlab chiqish. Kurs ishini bajarish jarayoni o`quv jarayonining ajralmas qismi bo`lgani uchun uni to`g`ri tashkil etish yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun, kurs ishini bajarish davomida talaba o`z mehnatini quyidagi bosqichlar bo`yicha to`g`ri va samarali taqsimlashi katta ahamiyatga ega: 1. Kurs ishi mavzusini tanlash. 2. Adabiyotlar to`plash va ularni o`rganish. 3. Kurs ishi rejasini tuzish. 4. Ma’lumotlar to`plash va qayta ishlash. 5. Kurs ishini matnini yozish. 6. Kurs ishini rasmiylashtirish. 7. Kurs ishi himoyasi. Kurs ishini bajarishda talaba o`z ustida mustaqil ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi raxbari bilan zarur bo`lgan xolatlarda maslahatlashishi va tegishli ko`rsatmalar asosida faoliyat ko`rsatishi zarur xisoblanadi. Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling