12-mavzu. Tibbiyot biologiyasi va biotexnologiyasi, ularning o‘zaro bog‘liqligi.
QSAR texnologiyasi, Tibbiyot biologiyasining dolzarb muammolari
13-mavzu.Farmatsevtik biotexnologiya va oziq-ovqat biotexnologiyasi
Antibiotik moddalar, Basitrasinlar, Grizin,Gormonlar, Biopreparatlar manbalarii
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda fanga oid adabiyotlar, davlat standartlari, texnik xujjatlar, ilmiy manbalar va internet resurslaridan foydalaniladi. Mashg‘ulotlar tyutorlar tomonidan interfaol usullarda, turli o‘qitish usullari, pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalarini qo‘llagan xolda olib boriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.Biologik tadqiqotlar va metodlar
2.laboratoriyada ishlash va tajribani rasmiylashtirishni o‘rganish
3. Yorug‘lik mikroskopi va uning tuzilishini o‘rganish
4. Mikropreparat tayyorlash usulini o‘rganish
5. DNKni ajratish usulini o‘rganish
6. DNK gel- elektroforezi usulini o‘rganish
7. Polimeraza zanjir reaktsiyasini amalga oshirishni o‘rganish
8. Rekombinat DNK olishni o‘rganish
9. DNK restriktsiya va ligirlash (ulash) usulini o‘rganish
10. DNK daktiloskopiyasida qo‘llaniladigan usulni o‘rganish
11. Genoterapiya usulini o‘rganish
12. O‘simliklarni mikroklonal ko‘paytirish usulini o‘rganish
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem. guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |