Farg’ona shahar 10-o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Nargiza Rahimovaning Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan tadbirni intellektual o’yin tarzida o’tkazish bo’yicha tayyorlagan ssenariysi


Download 1.54 Mb.
bet4/16
Sana05.01.2022
Hajmi1.54 Mb.
#217305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Navoiyni-bilasizmi-nomli-intellektual-ring-tarzidagi-tadbir-sinariysi-

1-oquvchi.

Assalom tabarruk Navoiy bobo



Tavallud kuningiz muborak bo’lsin,

Ruxingiz qo’llasin bizno doimo

Mangulik joyingiz nurlarga tolsin.

Bugun yurtimizda katta tan’tana

Shogirdlar quvonchi bilan birjahon

Sultoni o’zingiz g’azal mulkining

Sizni sharaflaydi zaminu-zamon

2-oquvchi.

Assalom Navoiy ey buyuk ustoz

Poyingizga ta’zim etgani keldik

Madhingiz tillarda jaranglatib soz

Ruhingizni shod etgani keldik.

Ulug’ustoz sizga ta’zim, sizga shon

Nomingiz tillarda zaminu-zamon


3-oquvchi.

Aziz bobojon! Siz betakror va boqiy siymosiz. Siz yaratgan asarlar samodek tiniq, tongdek shaffof, musiqiy ohanglar bilan yo’g’rilgan. Asarlaringizni o’qir ekanmiz, har bir satringizdan o’z xalqingizga, insoniyatga cheksiz mehringiz, u bilan bir jon bir tan ekanligingizni anglash qiyin emas:

Vatan tarkini bir nafas aylama,



Yana ranji g’urbat havas aylama.
4-o’quvchi:

Aziz bobojon! Siz jozibador baytlaringiz bilan inson bolasiga o’z san’atkorligingiz ila so’zning sehrini, hayotning ma’nosini, saodatning eshigini ochib berayotgandeksiz. Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilishda ekanligini anglatdingiz.



Bu gulshan ichra yoqtur baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot.


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling