V. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
13. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda, ular O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
VI. SHARTNOMANI O’ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
14. Taraflar shartnomani o’zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish mumkin.
15. Shartnoma bajarilishining bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o’zgartirishga faqat qonun xujjatlariga muvofiq yo’l qo’yiladi.
VII. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
16. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan holda ikki nushada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan xisoblanadi.
17. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo’shimcha va o’zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
18. Ushbu shartnoma bo’yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar qoidaga ko’ra ularni sudgacha hal etish choralarini ko’radilar.
19. Taraflar o’rtasida o’zaro hal qilinmagan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
20. Mazkur shartnomada ko’zda tutilmagan holatlar amadagi qonun hujjatlarida o’rnatilmagan tartibda hal etiladi.
VIII. FORS-MAJOR HOLATLARI
21. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, yahni yengib bo’lmaydigan kuch, favqulotda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo’lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo’lmaydilar.
22. Sodir bo’lgan fors-major holatlari to’g’risida taraflar bir birlarini zudllik bilan yozma yoki og’zaki tartibda xabardor qilishi shart.
23. Mazkur shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo’lmaydigan kun xolatlarini davomiyligini xisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |