Farg’ona shahar Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi” the world of children” mchg tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili) o’rtasidagi


II. DMTTning huquqlari va majburiyatlari


Download 61.06 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi61.06 Kb.
#1584962
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ota-ona shartnoma lotin

II. DMTTning huquqlari va majburiyatlari

3. MT quyidagi huquqlarga ega:


MT xodimlarining huquq va qonuniy manfatlarini hamda qadr-qimmatini himoya qilish;
Vazirlik tomonidan “Ilk qadam” Davlat dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq o’z o’quv dasturini ishlab chiqarish;
tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo’yicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan o’zaro hamkorlik qilish;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to’lov evaziga maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturidan tashqari qo’shimcha ta’lim xizmatlari ko’rsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;
Maktabgacha ta’lim tizmini rivojlantirish bo’yicha innavatsion faoliyatida ishtirok etish;
MT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshingi inobatga olib, ularni guruhlarga taqsimlash;
tarbiyalanuvchi kasal bo’lganda yoki tibbiy ko’rikda uning kassaligi aniqlanganda, MT tibbiyot xodimi tomonidan kunlik filg’tratsiyadan o’tkazilganida tarbiyalanuvchining sog’lig’i bo’yicha DMTTda bo’lishini taqiqlovchi hollar yuz berganida uni vaqtincha DMTTga qabul qilishni rad etish;
qonuniy vakil tomonidan shartnoma bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to’lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9-bandida ko’rsatilgan muddat o’tgach ikki hafta mobaynida uzurli sabablarsiz to’lanmagan taqdirda qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini to’xtatish va tarbiyalanuvchini DMTTga kelishini cheklash;
qonuniy vakilning tegishli ruhsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shaxslarga berib yuborishni rad qilish.
MT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lish mumkin.
4. MTning majburiyatlari:
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo’yicha davlat hizmatlari ko’rsatishning Mahmuriy reglamentlariga muvofiq berilgan yo’llanmalar asosida tarbiyalanuvchi MTga qabul qilish;
bolaning MTda bo’lishi vaqtida uning sog’lig’i va hayotini asrash xamda har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olish bilan bog’liq zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini, oilaga, o’z halqining milliy, tarihiy, madaniy qadiriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lishni, atrof-muxitga ehtiyotkor munosabatni shakillantirish; tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini tahminlash, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
har bir bolaga uning o’z qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni tahminlash, bola huquqlari to’g’risidagi qonun xujjatlariga rioya qilish;
nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfatlariga asoslanish;
bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo’lish;
MT Kuzatuv kengashining to’liq faoliyat olib borishini tahminlash;
o’quv ta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog’lig’iga doir hususiyatlarini hisobga olib, maktabgacha ta’limning tegishli sifat, daraja va xajmga muvofiqligini tahminlash;
MT pedagog kadrlari tomonidan obod-axloq qoidalariga qathiy rioya qilinishini hamda bolaning va uning qonuniy vakilining huquq va shahni, qadr-qimmatini xurmat qilinishini tahminlash;
maktabgacha ta’lim sifatli tahminlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko’maklashish;
tarbiyalanuvchiga birinchi tibbiy tez xizmat ko’rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o’tkazish (reja asosida profilaktik emlash, yillik tibbiy ko’rik o’tkazilishini tashkil qilish va boshqalar);
belgilangan sanitariya qoidalari, normalar va gigiena normativlariga muvofiq xavfsiz, sifatli va sog’lom ovqatlanishni tashkil qilish va tahminlash;
qonuniy vakildan yoki tegishli ruxsati bo’lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;
tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to’laligicha saqlash;
qonuniy vakilga MT faoliyatiga doir mahlumotlarni taqdim qilish (MT ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va uslublari);
MTda o’zgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida o’z vaqtida xabardor qilish;
MTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo’lishi mumkin.
MTda tarbiyalanuvchi extiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yig’ish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish taqiqlanadi.



Download 61.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling