Farg‘ona shahar
Download 33.5 Kb.
|
Navoiy va Bobur tadbir seenariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – boshlovchi
__________ shahar (tuman) __– umumiy o‘rta ta’lim maktabining Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ______________ning A.Navoiy va Z.M.Boburning Tavallud topgan kunlariga bag‘ishlab O‘tkazilgan 1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, qadrli ota – onalar va aziz o‘quvchilar! Bugun biz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan adabiy kechamizni namoyish etamiz. Ulug‘ bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy 1441 yilda Hirot shaharida tug‘ilgan. Alisher yoshligidan odobli, o‘tkir zehnli, zukko, sheriyatga qiziquvchan bola bo‘lgan va kattalar e’tiboriga tushgan. 1.Hirot tuprog‘ida voyaga yetgan Qush tili yo‘llarin munavvar etgan, Yillar to‘zonidan sog‘ – omon o‘tgan, Navoiy bobomlar – buyuk odamlar. 2.Xamsasi ko‘ngilni shamdek yoritgan, Ona tilimizni yoddan bor etgan, Mag‘ribu mashriqni iftixor etgan Alisher bobomlar – buyuk odamlar. 3.Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo Hammasiga guvoh yer osti Lekin do‘stlar, she’r ahli aro, Jahongiri ham bo‘lar rosti. 4.Besh asrki, nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir she’r Temur tig‘i yetmagan yerni Qalam bilan oldi Alisher. Dunyo bo‘ldi chamanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. 2 – boshlovchi: 1.Andijon bag‘ridan uchib bir yulduz, Hindiston tojiga gavhardek qo‘ndi. Otash yuragida aylanar bir so‘z Anda jon qoldiki, anda jon qoldi. 2.Dunyo charxpalagi tinmay aylanar Taloto‘p zamonlar o‘taveradi. Asrlar qa’ridan bir so‘z ingranar, Anda jon qoldiki, anda jon qoldi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos munosib ta’lim – tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi. Bobur toj – taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab – yashnashiga katta hissa qo‘shgan sevimli shoirimiz 1530 yil Agra shahrida olamdan o‘tdi. Bugun biz xalqimizning ana shu ikki farzandlari oldida buyuk she’riyat xokonlari oldida bosh egib ta’zimdamiz. 1.A.Navoiy ruboiylari 2.Z.M.Bobur ruboiylari 3.Dutorim musiqasi 4.Sahna ko‘rinish “Navoiy va Lutfiy” 5.She’r Navoiyga 6.Raqs 7.Sahna ko‘rinish “Bobur va Andijondan keltirilgan qovun” 8.Boburga atalgan she’rlar 9.Raqs 10.Sahna ko‘rinish “Alisher va bulbul” 11.Yakunlash Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling