Farg’ona tarixi
Ibratning pedagogik faoliyatidagi yangiliklar
Download 80.49 Kb.
|
Ibratning “ Farg’ona tarixi ” asari manba sifatida
1.2. Ibratning pedagogik faoliyatidagi yangiliklar
Ibrat 1907 yili o`z uyida “Usuli savtiya” metodiga asoslangan maktab ochadi. Unda 30 nafar qishloq bolalarini o`qitib, ularni ilm – ma’rifatli qilib tarbiyalashga harakat qiladi. Yangicha o`qitish usullaridan xabardor bo`lgan pedagog Husayn Makaev va uning rafiqasi Fotima Makaeva Ibrat maktabida o`qituvchi sifatida faoliyat ko`rsatdilar. Ishoqxon Ibrat o`z maktabi o`quvchilarini darsliklar bilan ta`minlagan. Kutubxonaning maktab o`quvchilariga bag’ishlangan bo`limida Ismoilbek Gaspiralining “Xo`jai Sibyon”, “Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy”, Mahmudxo`ja Behbudiyning “Asbobi ta`limi savod”, “Kitobatul - atfol” kabi 50 nomdan ortiq darslik va qo`llanmalar, ta`lim-tarbiyaga oid risolalari bo`lgan. Ishoqxon to`ra Ibrat 1896 yili Hindistondan Birja orqali Xitoyga, so`ngra Qoshg’arga o`tadi va Namanganga qaytib keladi. Chet eldan qaytgach, 1896 yili olti tilni o`z ichiga olgan “Lug’ati sitta alsina” (“Oti tilli lug’at”) nomli asarini yozadi. Asar 1901 yili Toshkentda bosilib chiqadi. Markaziy Osiyo Rusiya tomonidan bosib olingandan keyin ham qozilik sudi saqlanib qoldi. Bu bilan mustamlakachilar o`zlarini yerli xalqqa nisbatan odil, ularning “pushti panohi” qilib ko`rsatmoqchi bo`ladilar.Ammo davlat ahamiyatiga molik ishlarni qozilik sudida ko`rish man etildi. Ibrat 1897-1924 yillardan uzluksiz To`raqo`rg’on qozisi lavozimida faoliyat ko`rsatdi. Qator publitsistik maqolalarida, she`rlarida tuzum illatlarini, mahalliy va mustamlaka amaldorlarning qabih ishlarini fosh etdi. Ishoqxon to`ra Ibrat atoqli pedagog, tilshunos, tarixshunos olim, sayyoh o`tkir didli xattot va rassom hamdir. Olimning “Lug’ati sitta alsina” asari 1901 yilda nashr qilingan bo`lsa-da, XIX asr 90-yillarining o`rtalaridan yozib tugatilgan edi. Lug’at olti tillik ancha murakkab bo`lib, o`zbekcha so`zlarning qarshisida arabcha, forscha, turkcha hindcha va ruscha tarjimalari berilgan. Lug’at mingdan ortiq faol so`zni o`z ichiga olib, 53 betdan iborat bo’lib, ikki qismni tashkil etgan. Yozuvning vujudga kelishi, rivojlanishi bir necha yillik tarixga ega. Tilshunoslik fanining bu murakkab sohasida Ishoqxon Ibrat ancha mukammal “Jome`ul -xutut” (“Yozuvchilar majmuasi”) nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarda muallif yozuvlarning eng ibtidoiysi – piktografik yozuvidan, to so`nggi davr eng mukammal yozuvlarigacha bosib o`tgan taraqqiyot tarixini yoritib berishga harakat qiladi. Olimning mazkur asari katta hajmda - 132-betdan iborat bo`lib, 1912 yilda o`zining "Matbai Ishoqiya" bosmaxonasida nashr qilindi. "Jome` ul-xutut" dunyoda mashhur bo`lgan 41 xil yozuv sistemasi haqida, jumladan, arab xatining suls, taqe`, rayhon, zulf, humoyun, turra kabi shakllari haqida ma`lumot bera oladigan asardir. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Ishoqxon Ibrat o`z faoliyati davomida yangi usuldagi maktablar va o`qitish jarayonida yangi yo`nalishdagi darsliklardan foydalandi. Bu bilan xalq hayotida yangi o`zgarishlar kirita oldi.5 Download 80.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling