Farg’ona tarixi


Mavzuning o`rganilish darajasi


Download 80.49 Kb.
bet3/12
Sana19.06.2023
Hajmi80.49 Kb.
#1625910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ibratning “ Farg’ona tarixi ” asari manba sifatida

Mavzuning o`rganilish darajasi. Adabiyotshunosligimizga quyoshdek porloq nur olib kirgan Ibratning hayoti va ijodini o`rganish, asosan, mustaqillikdan so’ng boshlandi. Bu borada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yetakchi olimlari Haydarbek Bobobekov, Mahmud Hasaniylarning, hamda adabiyotshunoslar filologiya fanlari nomzodlari Begali Qosimov , Ylug`bek Dolimov , Sharif Yusupov va Halim Saidov Ibratshunoslikning fan tarmog`i sifatida shakllanishida karvonboshilik qildilar. Filologiya fanlari doktori Hamidulla Boltaboyev , filologiya fanlari nomzodi Ibrohim G`afurov va Boybo`ta Do`stqorayevlar ham bu borada ko`p va xo`p izlanishlar olib bordilar.
Ishning maqsadi va vazifasi. Ushbu ishimizda tarixchi Ishoqxon Ibratning ijodiy-ilmiy faoliyati va “Farg’ona Tarixi ” asarini adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ilmiyligini, adabiy-tanqidiy qarashlarini ketma-ketlik asosida o`rganishni maqsad qilib qo`ydik. Ishda “Farg’ona Tarixi ” asarini g’oyaviy-badiiy tahlil etish asosiy maqsad qilib belgilandi va bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni o`rganish nazarda tutiladi:

  • Ibrat hayotining muhim sahifalarini yoritish;

  • Adibni ma’rifatparvar shaxs sifatida o’rganish;

  • “Farg’ona Tarixi ” asarining yaratilishi, tuzilishi va mavzular ko’lamini tadqiq etish;

  • “Farg’ona Tarixi ” asarining g`oyaviy- badiiy xususiyatlarini tahlil etish;

  • Asarda Farg’ona vodiysi va yirik shaharlar tasvirining berilishini o’rganish;

  • Asarda ma’rifatparvarlik g`oyalarining ulug`lanishi;

  • “Farg’ona Tarixi ” asarida tarixiy shaxslar va hukmdorlar obrazi-qiyofalari talqinida badiiylik unsurlarining qo’llanishini tadqiq etish;

  • Yosh avlodni tarbiyalashda “Farg’ona Tarixi ” asarining o`rni.

Kurs ishning manbai: Kurs ishida Ishoqxon Ibratning tanlangan asarlari, “Farg’ona Tarixi ” asari va shu mavzuda ish olib borgan adabiyotshunoslarning tadqiqotlariga murojaat qilindi.

Download 80.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling