Aruz nazariyasida zihof va furu’lar 12-mavzu. Aruz nazariyasida zihof va furu’lar Reja: Zihof va furu’ haqida tushuncha - Asliy rukn ustida bajariladigan o‘zgartirish amali zihof (arabcha “o‘zgarish”) deyiladi.
- Zihof (o‘zgarish)ni qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan ruknlar furu’ (arabcha “tarmoqlar”, birligi “far’”) deb ataladi.
- Sakkiz asl ruknga har qanday she’r mos kelavermaydi, shu tufayli asllar o‘zgartirilib, ulardan fupu’ (tarmoq) ruknlari hosil qilinadi.
Zihof xosil qilish - 1. Tasbig‘ zihofi.
- “Tasbig‘” (“to‘ldirish”) zihofiga uchraganda mafoiylun asli oxirgi “lun” cho‘ziq hijosi o‘ta cho‘ziq “lon” hijosiga aylantiriladi:
- Asl zihof furu’
- Mafoiylun tasbig‘ mafoiylon
- v - - - v - - ~
- 2. Hazf zihofi
- “Hazf” (“tashlash”) zihofiga uchraganda mafoiylun asli oxirgi “lun” hijosi tashlab yuboriladi, qolgan “mafoiy” esa unga vazn jihatidan teng “fauvlun”ga almashtiriladi:
- Asl zihof furu’
- Mafoiylun hazf mafoiy???? fauvlun
- v - - v - - v - -
- - lun
- Aruzga oid manbalarda zihoflar soni turlicha ko‘rsatiladi:
- SHams Qays Roziy va Vohid Tabriziy 35ta
- Bobur 44 ta,
- Muhammad G‘iyosiddin Rompuriy 47 ta zihof haqida ma’lumot berganlar.
- Ayrim adabiyotlarda ularning 50 dan ortiqligi aytiladi.
- Turkiy she’riyatda qo‘llanadigan zihof ko‘rinishlari.
Zihoflarning turlari - 1. Aslni hijo soni jihatidan o‘zgartiradigan zihoflar.
- 2. Aslni hijo sifati jihatidan o‘zgartiradigan zihoflar
- 3. Aslni hijo soni va sifati jihatidan o‘zgartiradigan zihoflar
- 4. Tarmoq (furu’) ruknlarning o‘zgartirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |