Farg‘ona Texnika 2006 aripov n. M., Mamadalieva L. K
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELINING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI
Download 1.31 Mb.
|
Farg‘ona Texnika 2006 aripov n. M., Mamadalieva L. K
1.3. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELINING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim soxasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muxitini o‘z ichiga oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va xayot o‘zgarishlariga moslanuvchanligini ta’minlaydi. SHAXC. Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi. DAVLAT VA JAMIYAT. Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish hquqlari ro‘yobga chiqarilishiga; majburiy va o‘rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag‘bilan ta’minlashga; ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga; sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA FAN. Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o‘z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o‘rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi; oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning soxalari bo‘yicha axborot bazasi shakllantiriladi; mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo‘ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH. Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so‘radi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab extiyojni shakllantiriladi; o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko‘maklashadi; muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi. 1.4. UZLUKSIZ TA’LIM Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy extiyojlarini qondiruvchi ustuvor soxadir. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. 1.4.1. UZLUKSIZ TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH PRINSIPLARI Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’limning ustivorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi; ta’limning demokratlashuvi - ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat - jamiyat tizimiga o‘tilishi; ta’limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman extiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muxit o‘zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi; ta’limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyo qarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta’limning milliy yo‘naltirilganligi - ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muxim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash: ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 1.4.2. UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMI VA TURLARI Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim umumiy o‘rta ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi oliy ta’lim oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maktabdan tashqari ta’lim Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta xamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi. Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (V-VX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi. Kasb-hunar ta’limi dasturlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistratura) ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi. MAKTABGACHA TA’LIM. Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda maxallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. UMUMIY O‘RTA TA’LIM. To‘qqiz yillik (I-IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fondlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish extiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mexnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muxitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baxolar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. O’RTA MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI. Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzliksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi - akademik lisey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Akademik lisey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, soxalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Akademik liseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa soxalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu kunikmalarni oukishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mexnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi. Kasb-hunar kollejlari jixozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jixatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejalarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlangan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mexnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi. OLIY TA’LIM. Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi ‘amda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik - shartnomaviy asosida amalga oshiriladi. Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestasiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. «Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestasiyasi magistrlik dasturining intixosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. 1.5. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ta’limni uzluksizligini ta’minlash pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish ma’naviy - axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar ta’lim tizimini boshqarish kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish ta’lim tizimini moliyalash moddiy-texnika ta’minoti ta’lim tizimining yaxlit axborot maqomini vujudga keltirish ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’mirlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integrasiyalashuvini rivojlantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash soxasidagi xalqaro hamkorlik. 1.6. OLIY TA’LIM HAQIDA NIZOM Oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari tarkibiga Davlat ta’lim standarti, malakali xarakteristika, namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, shuningdek fanlarning namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari kiradi. Davlat ta’lim standarti Ta’lim tizimining faoliyati muayyan me’yoriy hujjatlar asosida boshqarib boriladi, ta’lim standarti bugungi kunda shulardan biri bo‘lib qolmoqda. Standart tushunchasi me’yoriy, namuna, o‘chov ma’nolarini anglatadi. Standartlar, odatda, muayyan xususiyat va sifatga ega, jamiyat extiyojini qondira oladigan maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi kishilar va tashkilotlar munosabatlari va faoliyatini boshqarish usulini tayin etadi. Ta’limni standartlashtirishning maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standarti quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutishi lozim: - ta’lim berishning sifati masalalarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish va kadrlar tayyorlash, ta’limiy xizmatlarni tavsiya etish, mehnat bozorini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash; - shaxs, davlat va jamiyat extiyojlariga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim berish sifatini oshirish, xalqaro tajribalar asosida fan va texnikani rivojlantirish; - kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayonida muvofiqlik va uzluksizlikni ta’minlash; - ta’limning barcha shakl va bug‘inlarida o‘quv tarbiya jarayonini mukammallashtirshga ko‘mak berish; - ta’limiy xizmat ko‘rsatishda raqobat bo‘lishini ta’minlash; Ta’limni standartlashning vazifalari: Ta’lim berish va kadrlar tayyorlash, tavsiya etiluvchi ta’limiy xizmat ro‘yxati va sifatiga yuqori talablar belgilash. Davlat va shaxs extiyoji uchun zarur bo‘lgan ta’lim berish va uning oqibat natijasining muayyan talablarini o‘rnatuvchi me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish, shuningdek, mazkur hujjatdan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. Milliy standart talablarining xalqaro mezonlar bilan uyg‘unligini ta’minlash. Ta’lim to‘g‘risidagi milliy hujjatlarning shu turdagi hujjatlarga mos keluvini ta’minlash. Uzluksiz ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari va tarkibiy unsurlararo bog‘liqlik va muvofiqlik bo‘lishiga erishish. Ta’lim berish va kadrlar tayyorlashda yuqori natijalarga erishuvda moddiy boyliklar, vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish. O‘quv-tarbiya jarayoni va umuman, ta’lim uchun me’yor, qoida, ko‘rsatma va talablar belgilash. Standartlash bo‘yicha xalqaro tajribalarni bevosita qo‘llash amaliyotini kengaytirish, agar ulardagi talablar O‘zbekiston Respublikasining ta’limi, fani, madaniyati, texnika va texnologiyasi uchun mos tushsa, chet el davlatlari milliy standartlari yo‘rig‘idan foydalanish. Pedagogik texnologiyalar (o‘quv-o‘qituv va tarbiya metodikasi, o‘qitishning texnik vositalari va b.) ga muayyan talablar belgilash. Ta’lim darajasini, ta’lim olayotganlar va bitiruvchilar malakasini baxolash va nazorat qilishning me’yoriy-texnik va metodik ta’minotini yuzaga keltirish. Standartlash (uni ishlab chiqish va foydalanish) jamiyat extiyojlaridagi tarixiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda turmush amaliyotini tartibga solishdan ob’ektiv zaruriyatdir. Ta’lim standarti tushunchasi ostida mavjud shaxs va ta’lim tizimining kelajak ijtimoiy maqsadi, shakllanish talabining davlat me’yorlari va malaka darajasi sifatidagi asosiy qirralar tushuniladi. Ta’limni standartlash turli mamlakatlarda turlicha amalga oshirilgan. Lekin ta’limga nisbatan «standart» atamasidan foydalanish yaqinda yuz berdi. Bizning mamlakatimizda ta’limni standartlashga asosan 1993 yildan kirishildi, (1992 yildagi «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun, 7-modda, Vazirlar Mahkamasining 1993 yildagi 406-Qarori) va quyidagilar ishlab chiqilib joriy etildi: Davlat ta’lim standartini yuritish qoidalari: Davlat ta’lim standartining manbai, vazifalari va tarkibi aniqlandi; ta’limning ma’lum bug‘inlari bitiruvchilari uchun talablar va x.k. Ammo umumiy ta’lim tizimida bo‘lgani kabi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etishda nazariy-metodik, ayniqsa, tashkiliy soxada bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Lekin shunga qaramay bu ishlar shubxasiz foydali va kerak bo‘lib chiqdi. U, moxiyatan, ta’limni standartlash, Davlat ta’lim standartini ishlab va uni hozirgi bosqichda amaliyotga tadbiq etishning zaminini yuzaga keltirdi. Ta’lim tizimini tuzilishi jihatdan isloh qilish, ta’lim mazmunini tubdan qayta ko‘rishning hozirgi sharoitida Davlat ta’lim standartiga munosabat, uni ishlab chiqish va joriy etishga yangicha yondashuvni talab etadi. Standartni ishlab chiqish «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning 7-moddasi va muayyan bandlarida, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ta’limning mazmuni haqida bayon etilgan umumiy talablarga ko‘ra amalga oshiriladi. Ta’lim standarti Qonunning ma’lum qismini joriy etishni ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjatdir. U ta’limning mazmuni, ichki tuzilishi, namoyon bo‘lish darajasiga talabni oshiradi va aniqlashtiradi, ta’lim natijalarini va umumlashtirish metod va shakllarini ko’rsatib beradi, boshqa turdagi me’yoriy hujjatlar (o‘quv rejalari, o‘quv yurtlarini akkreditasiya qilish, kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish Nizomlari va b.lar) ning yuzaga keltirilishiga asos bo‘ladi. Standart vositasida ta’limning talab etilgan darajasini bir me’yorda saqlash, uni jamiyat taraqqiyoti istiqboliga ko‘ra takomillashtirish amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Davlat standartini joriy etish o‘quv jarayonini bir qolipda ushlab turish degan gap emas, balki, aksincha, u pedagogik ijodkorlik, mazmunda ma’lum o‘zakni saqlagan holda dastur turlarini tuzish, o‘qitishning turli-tuman texnologiyasini ishlab chiqishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ta’lim tizimining muxim ko‘rsatkichi standartdagi xalqchillikdir, chunki u, eng avvalo, davlat idoralari tomonidan, markazlashgan ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil aniqlashtiriladigan ta’lim berish mohiyatiga mos keladi. Shunday qilib, Davlat ta’lim standartlari ta’lim oluvchilar va bitiruvchilar tayyorgarligining quyi va yuqori darajadagi chegarasini; maksimal o‘quv yuklamasi hajmini; ta’lim mazmuniga va uning yuzaga chiqishiga bo‘lgan talablarni; ta’lim muassasalarining faoliyatini baxolash usullari, mexanizmi va tayyorlash sifatiga bo‘lgan standart talablarni bajarmayotgan shaxslar va muassasalarga nisbatan ko‘riladigan chora va boshqalarni aniqlab beradi. Yo‘nalishning kvalifikasion xarakteristikasi Kvalifikasion tavsifnoma davlat me’yori hjjati bo‘lib, kollejlar chiqaradigan kichik mutaxassislarning kasb malakasi va ularga ishlaydigan kvalifikasion talablar bayon etilgan. Kvalifikasion tavsifnoma mutaxassislar tayyorlash va ularga talablarni oldidan rejalashtirishda, kollejlarda o‘quv - tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, bitiruvchilarni taqsimlash, joylashtirish, kasb bo‘yicha foydalanish darajasini va attestasiyalash natijalarini taxlil qilishda ishlaniladi. Shunga ko‘ra kvalifikasion tavsifnoma quyidagi bilimlardan iborat: Mutaxassislarning kasb vazifasi va ulardan foydalanish shart-sharoitlari; Mutaxassislarga kvalifikasion talablar (mutaxassisning faoliyatini ijtimoiy yo‘nalishi; ob’ekt va mutaxassisning faoliyatini maqsadi; asosiy faoliyatning turlarini to‘plami; ma’lum soxa uchun amaliyotning asosiy muammolari); Kollej bitiruvchilarini yakuniy tayyorlov sifatini attestasiyasi; Yakuniy tayyorlov sifati va kollej bitiruvchilarini ishlatishdagi javobgarlik. Namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, fan dasturlari; Namunaviy va ishchi o‘quv rejalar kasbiy ta’limning har qaysi yo‘nalishi uchun Davlat ta’lim standarti va mutaxassisning kvalifikasion tavsifnomasiga ko‘ra tayanch ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi. O‘quv rejasi quyidagi bo‘limlardan iborat: 1. O‘quv jarayonining jadvali - bunda ko‘rsalar va semestrlar bo‘yicha haftalik hajmlarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarish amaliyoti davlat attestasiyasi va ta’tillar keltiriladi. 2. O‘quv jarayonining rejasi - bunda quyidagi bloklarga bo‘lingan fanlar ko‘rsatiladi: 1) umumta’lim fanlari; 2) maxsus fanlar, shuningdek ishlab chiqarish ta’limi, ishlab chiqarish amaliyoti davlat attestasiyasi, kurs va semestrlardagi mustaqil ishlar. Fanlarning namunaviy dasturlari tayanch o‘quv yurtlari tomonidan kasbiy ta’limning Davlat standarti va namunaviy o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Fanning namunaviy dasturi asosan quyidagi bo‘limlardan tuzilgan: 1. So‘z boshi 1.1. O‘quv fanining maqsad va vazifalari 1.2. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmasiga qo‘yıladıgan talablar 1.3. O‘quv rejasiga boshqa fanlar bilan aloqasi 1.4. Fanni o‘qitishdagi yangi texnologiyalar 1.5. Fanni o‘qitish semestrlari va uslubiy ko‘rsatmalar 1.6. Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha xajm 2. O‘quv materiallarining mazmuni 2.1. Fanning mazmuni 2.2. Tavsiya etiluvchi amaliy mashg‘ulotlar 2.3. Laboratoriya mashg‘ulotlarining mavzusi 2.4. Kurs ishlari loyixalarining mavzusi va mazmuni 2.5. Mustaqil ta’lim mazmuni 2.6. Mustaqil ish mazmuni 3. Axborot - uslubiy ta’minot 3.1. Asosiy adabiyotlar 3.2. Qo ‘shimcha adabiyotlar 3.3. Informasion texnik vositalar
Burgalash qurilmalarini motorlari quvvatlarini yig‘indisi 10 mvt ga sta- , di. Kuchlanish 660 B. (Elektr burgalashni quvvati 82 - 230 kvt I = 900 - 1650V,G = 50Gs, statorni diametri 215-250 mm, uzunligi 7,5-12m) Neft qazib olish quyidagilar yordamida amalga oshiriladi; 1) tebranuvchi-stanoklar 2) Chuqur tushirilgan markazga intiluvchi elektr nasoslari 3) Kompressorlar Tebranuvchi stanoklarni quvvati 55 kVt ga yetadi, kategoriya 2, sos = 0,4 -0,7 Elektr nasoslari, diametr 103-123mm uzunligi 4,2-8 m., kuvvati 95 ket gacha, U=300-1000 V, sos =0,57-0,9 , kategoriya 2. Kompressorlar uchun 220 kvt quvvatli dvigatellar o‘rnatiladi. U=b kv, ishlash tartibi-uzoq davom etuvchi, stansiyaga 16 gacha Kompressorlar va bir qator 55-72 kvt, U=380 V nasoslar o‘rnatiladi.Kategoriya 1.
Respublikada quvvat o‘sishini asosini O‘zbekiston energetika sistemasi tuzilgan paytda (1934 yil) Chirchiq-Bo‘zsuv yo‘nalishida 180 ming kVt quvvatli ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi. 1939 yilda Qizilqiya ko‘mir xavzasi negizida Quvasoy Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) ni 12 MVt quvvatli kondensasiyali turbina agregati va Toshkent to‘qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasini MVt kuvvatli ikki turbinasi ishga tushirildi. Elektr stansiyalarni ko‘ rilishi va sanoat korxonalarini rivojlanishi magistral elektr tarmoqlarini ko‘rish zarurligini keltirib chiqardi, Qodir SES ini ishga tushirilish bilan bir vaqtning o‘zida Respublikada birinchi bo‘lib bu SES dan Toshkentga elektr uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki tizimli liniya foydalanishga toshpirildi. 1939-1940 yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy DIES ni Andijon shaxari bilan, Tavaksoy SES ini Chirchiq shaxari bilan bog‘ladi. Vatan urushi yillarida Toshkent atrofini bog‘lovchi 35 kV kuchlanishli halqasimon havo liniyasi ko‘rib bitkazildi, shimoliy sanoat rayonini elektr bilan ta’minlash uchun katta quvvatli «Severnaya» podstansiya ko‘rildi. 1943 yil Sirdaryo daryosida ko‘rila boshlagan 125 ming kVt quvvatli Far-xod SES i kmiyo sanoatini rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini berdi. 700 ming ga O‘zbekiston va qo‘shni respublikalari yerlarini uzaytirishga imkon beruvchi suv to‘g‘onlari ko‘riladi. Angren ko‘mir xavzasini o‘zlashtirilishi ikki issiqlik elektr stansiyasi 600 ming kVt quvvatli- Angren DIES ini va Olmaliq issiqlik va elektr quvvati markazini (IEYu) ko‘rishga asos bo‘ldi. 1972 yil Sirdaryo DIES ida O‘rta Osiyda birinchı katta kritik parametrlari: par bosimi 240 ata harorati 545°S da ishlovchi 300 MVt quvvatli energetika bloki ishga tushdi. Hozirgi paytda Sirdaryo DIES ini 10 ta shunday quvvatli bloklari ishlamoqda. O‘rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig‘indisi 11,0 mln.kVt bo‘lgan, 37 issiqlik va suv elektr stansiyalarini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston energetika sis-temasi asosini yirik elektr stanisiyalarnı, shu jumladan Sirdaryo DIES (3,0mln. kVt), Toshkent (1,86 mln.kVt), Yangi-Angren (1,8 mln.kVt) va Navoiy DIZ i (1,25 mln.kVt) tashkil etadi. Ko‘rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 300 ming kVt bu gan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklar o‘rnatilgan. Loyixa quvvati 3 mln. KVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O‘rta Osiyo; eng katta bo‘lgan Tolimarjon issiqlik DIES ni ko‘rilishi davom etmoqda. Suv energetikasi O‘zbekiston Respublıkasini energetika vazirligi sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlar bilan belgilangan. Bularda O‘rta-Chirchiq SES lar kaskada suv xavzasiga ega va shu sababli 600 ming k1 quvvatli Chorvoq SES i va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent SESi quvvat rostlash tartibida ishlaydi. O‘zbekiston energetika sistemasi O‘rta Osiyo Birlashgan energetika sistemasini tarkibiy qismi bo’lib, bunga undan tashqari Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘iston energetika sistemasi kiradi. Hozirga va tda O‘rta Osiyo birlashgan energetika sistemasi (BES) amalda mustaqil mamlakatlar hamkorligidan ajralgan holda ishlamoqda. Faqat Agadir-Olmata orasvs Shimoliy Qozog‘iston BES bilan bog‘laydigan va o‘tkazuv quvvati katta bo‘lmagan 500 kV kuchlanıshli aloqa liniyasi bor. O‘zbekiston Respublikasidagi hamma kuchlanishli elektr tarmoqlash uzunlıgı 220 ming.km.ni tashkil etib, bunda 500 kV kuchlanishligi 1,6 ming 220 kV-4,6 ming km, 0,4-10 kV -170 ming. km.
Ishlab chiqarish korxonlarini, transportni, qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish, elektrotexnologik qurilmalarni turli ko‘rinishlardan foydalanish bilan bog‘liq. Elektrotexnologik qurilmalarning asosiy elementi bo‘lib elektr mashinalar va transformatorlar hisoblanadi. Transformatorlar elektromagnit statik apparat bo‘lib, aylanuvchan qismlari bo‘lmaydi, lekin ishlash prinsipi va tuzilishi elektr mashinalariga o‘xshash bo‘lganligi sababli elektr mashinalar guruhiga qo‘shib o‘rganiladi. Elektr stansiyalarda ishlab chiqarilgan o‘zgaruvchan tokni iste’molchilarga uzatish, elektr qurilmalari yordamida yetkazib berish va taqsimlash uchun uni kuchlanishini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. O‘zgaruvchan tokni kuchlanishini o‘zgartirish ya’ni transformasiyalash uchun transformatorlar qo‘llaniladi. Elektrotexniklar uzoq masofalarga o‘ta katta elektr energetik quvvatlarni uzatish uchun mo‘ljallangan, kuchlanishi 1150 kV bo‘lgan transformatorlarni yaratdilar. Elektr stansiyalaridagi turbogeneratorlarning kuchlanishini kuchaytiruvchi quvvati 1000 1250 MVA ga teng bo‘lgan transformatorlar ham elektrotexnologik qurilmalarning nodir elementlari qatoriga kiradi. Elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish uchun o‘zgaruvchan tok generatorlarining 6-30 kV li kuchlanishini transformatorlar yordamida 110, 150, 220, 330, 400, 500, 750, 1150 kV gacha kuchaytirib elektr uzatish tarmoqlariga uzatiladi. Kuchlanishning kuchaytirilishi tokning proporsional kamayishiga olib keladi va uzatish tarmog‘ıdagi quvvat isrofi tokning kvadratiga proporsional ravishda kamayadi. Shu sababli elektr stansiyalarida kuchaytiruvchi transformatorlarning qo‘llanılıshı maqsadga muvofiq bo‘ladi. Elektr energiyasini qabul qiluvchi, uzatuvchi yoki tarqatuvchi energetik tizimlarda ishlaniluvchi quvvati 6,3 kVA va undan ham yuqori bo‘lgan transformatorlarni kuch transformatorlari (KT) deyiladi. Uch fazali kuch transformatorlarning quvvatlari 1250 MVA gacha, uch fazali gurux transformatorlarining quvvatlari esa (uchta bir fazali transformatorlardan hosil bo‘lgan) 2000 MVA gacha bo‘lib, og‘irligi esa 500 t. gacha boradi. Transformatorlarning elektr energiyani qabul qiluvchi cho‘lg‘ami-birlamchi, iste‘molchiga energiyani uzatuvchi cho‘lg‘ami-ikkilamchi cho‘lg‘am deyiladi. Nomlariga o‘xshash, har bir cho’lg’amga qarashli qiymatlar (masalan, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va x.k.) birlamchi va ikkilamchi qiymatlar deyiladi (birlamchi tok, ikkilamchi qarshilik va x.k.). Transformatorlarning yuqoriroq kuchlanishli tarmoqqa ulangan cho‘lg‘ami yuqori kuchlanishli (yuqori kuchlanish) cho‘lg‘am deyiladi. Kichikroq kuchlanishli tarmoqqa ulangan cho‘lg‘ami quyi kuchlanishli (x.k.) cho‘lg‘ami, va nixoyat uch cho‘lg‘amli transformatorlarning yuqori kuchlanish yoki h.k. cho‘lg‘amlariga taalluqli bo‘lmagan - cho‘lg‘ami o‘rta kuchlanishli (h.k.) cho‘lg‘am deyiladi. Agar ikkilamchi cho‘lg‘am kuchlanishi birlamchinikidan kichikroq bo‘lsa - transformator pasaytiruvchi, aks holda - kuchaytiruvchi deyiladi. Bitta birlamchi va bitta ikkilamchi cho‘lg‘amli transformator ikki cho‘lg‘amli transformator deyiladi. Oar bir fazada uchtadan cho‘lg‘ami bshlgan, masalan, bitta yuqori kuchlanishli va ikkita quyi kuchlanishli, yoki teskarisi - bitta quyi kuchlanishli va ikkita yuqori kuchlanishli transformatorlar uch cho‘lg‘amli deb ataladi. Bir fazali yoki uch fazali transformatorlarning bitta fazasida uchtadan ko‘proq cho‘lg‘ami bo‘lishi mumkin. Bunday transformatorlar ko‘p cho‘lg‘amli transformatorlar deyiladi. Kuch transformatorlari tuzilishi bo‘yicha ikki turga bo‘linadilar: moyli va quruq transformatorlar. Moyli transformatorlarda magnit o‘zak va cho‘lg‘amlar yaxshi izolyator va sovutuvchi modda hisoblangan transformator moyi to‘ldirilgan idishga joylashtiriladilar. Transformator moyi cho‘lg‘am izolyasiyalarini havoning zararli ta’siridan ham saqlaydi. Transformasiyalash koeffisientlarini o‘zgartirish uchun cho‘lg‘am-larida maxsus ulamalari bo‘lgan transformatorlarga ulamali transformatorlar deyiladi. Transformator o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini qiymatini o‘zgartirish bilan birga, o‘zgaruvchan tokning fazalar sonini va chastotasini qiymatini o‘zgartiradigan moslamalar tarkibida ham ishlatiladi. Transformatorlarning nominal rejimi deb, ishlab chiqargan korxona tayyorlagan pasportida ko‘rsatilgan rejimga aytiladi. Transformatorlarning nominal qiymatlari - quvvat, kuchlanishlar, toklar, chastota va h.k. transformatorlarning pasportida ko‘rsatilgan bo‘lib, ular transformatorlarning nominal rejimini ko‘rsatuvchi boshqa qiymatlar, masalan, f.i.k. kabilarga ham taalluqlidir. Transformatorlarni nominal quvvati deb ikkilamchi cho‘lg‘amda Volt-Amper bilan o‘lchangan va pasportda ko‘rsatilgan quvvatga aytiladi. Transformatorlarni nominal birlamchi kuchlanishi deb, pasportda ko‘rsatilgan kuchlanishga aytiladi; agar birlamchi cho‘lg‘amni shoxobchalari mavjud bo‘lsa, u holda nominal kuchlanishi alooida taokidlanadi. Transformatorlarning nominal ikkilamchi kuchlanishi deb birlamchi cho‘lg‘amidagi kuchlanishi nominal kuchlanishiga teng bo‘lib, salt ishlagandagi ikkilamchi kuchlanishga aytiladi; agar ikkilamchi cho‘lg‘amida ulamalar mavjud bo‘lsa, uning nominal kuchlanishi aloxida ta’kidlanadi. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarini nominal toklari deb, transformatorning pasportida ko‘rsatilgan va nominal quvvat va nominal kuchlanishlar bilan ma’lum bolanishda bo‘lgan birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarning toklariga aytiladi. Bunda transformatorning f.i.k.i 100% ga yaqin deb faraz qilinib, ikkala cho‘lg‘amning nominal quvvatlari teng deb qabul qilinadi. Evropa va Osiyo davlatlaridagi kabi, O‘zbekiston Respublikasida ham uchlanish chastotasi 50 Gers (Gs) ga teng deb qabul qilingan. Kuchlanish, elektr yurituvchi kuch va toklarning vaqtga bog‘liqligi bu parametrlarning funksiyalarini sinusoidadan farqi deb, davriy funksiyalarni garmonik qatorga ajratilib, amplitudalarining qiymatlaridan eng katta deb hisoblangan uchta yuqori garmonik tashkil etuvchilarini amplitudalarining kvadratlarini yig‘indisini kvadrat ildizidan chiqarilgan natijasini, birlamchi garmonika amplitudasiga nisbatan foiz hisobida olinib, aniqlangan qiymatiga aytiladi. Quvvati 1000 kVt dan katta bo‘lgan transformatorlarda bu qiymat 5% dan katta bo‘lmasa va 1000 kVt dan kichiklarida 10% dan katta bo‘lmasa, kuchlanish, elektr yurituvchi kuch va tok sinusoidal shaklda deb hisoblanadi. Uch fazali kuchlanish yoki toklar tizimining simmetrik yoki nosimmetrikligini aniqlash uchun ularning vektorlari to‘g‘ri va teskari fazalar ketma-ketligiga ajratiladi. Agar vektorlar teskari ketma-ketligi vektorlar to‘gri ketma-ketligining 5% iga teng yoki undan kichik bo‘lsa simmetrik va 5% idan katta bo‘lsa tizim nosimmetrik tizim deb hisoblanadi. 2.4.2. TRANSFORMATORNING TUZILISHI Transformatorlar o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartirish-ga xizmat qilib, asosiy va yordamchi qismlardan iborat. Asosiy qism-transformatorlarning elektromagnit jarayonlarini vujudga keltiruvchi cho‘lg‘amlardan va magnit oqimni kuchaytiruvchi magnit o‘zakdan iborat. Yordamchi qismlar esa transformatorning quvvati, kuchlanishi, turlari va h.k. larga qarab, bir necha o‘nlab bo‘laklardan iborat. Ular qatoriga moyli transformatorlarning baklari, ulamani va cho‘lg‘amlarni bolovchi izolyatorlar va boshqalar kiradi. Transformatorning yordamchi qismlariga shuningdek: 1. Gaz relesi; 2. Kengaytiruvchi bak; 3. Gaz chiqaruvchi truba; 4. Sovutish radiatorlari yoki trubalari kiradi. 2.4.3. TRANSFORMATORNING MAGNIT O‘ZAGI Transformatorning magnit o‘zaklari elektrotexnik po‘latdan tayyorlanadi. 2.1 - rasm. Transformatorning umumiy ko‘rinishi: 1- cho‘lg‘amlar; 2- magnit o‘zak; 3-termosifon filtr; 4- izolyator; 5-radiatorli bak; 6-gaz chiqaruvchi truba; 7-kengaytiruvchi bak
Magnit o‘zakni tayyorlashda gisterezis va uyurma toklari ta’siridagi quvvat isroflarini kamaytirish tadbirlari hisobga olinishi kerak. Shuning uchun magnit o‘zaklarni tayyorlashda magnit yumshoq elektrotexnik po‘latdan foydalaniladi. Uyurma toklarni kamaytirish maqsadida elektrotexnik po‘lat tunukalar bir-biridan maxsus elektr himoyalovchi laklar yordamida qop-lanadi. Himoyalovchi lakning qalin-ligi transformator cho‘lg‘amlarining kuchlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Magnit o‘zakni tayyorlash uchun ishlanilgan elektrotexnik po‘-lat tunukaning qalinligi o‘zakning magnitlanish chastotasiga bog‘liq, chastota f = 50 Gs bo‘lganda po‘lat tunukaning qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm bo‘ladi. Transformatorning magnit o‘zaklari asosan ikki xil konstruksiyada, ustunli (sterjnevoy) (2.2,a-rasm) va qobiqli (bronevoy) (2.2,b-rasm) ko‘rinishda tayyorlanadi, keyingi paytlarda fazoviy ustunli magnit sistemalar ham tayyorlanmoqda.
2.2-rasm. Transformatorning magnit o‘zagi: a) ustunli, b) qobiqli. 1. Ustun; 2. To‘sin.
Uch ustunli transformatorning o’zaro bog‘langan magnit o‘tkazgichlari 2.3-rasmda ko‘rsatilgan, bu transformatorning xarakterli tomoni uning magnit tizimlarining nosimmetrikligidadir, chunki aloxida A, V va S fazalarining o‘zaklaridagi magnit zanjirlari bir xil emaC. O‘rtada joylashgan V o‘akning magnit zanjiri ikki chekkadagi A va S o‘zaklarnikidan qisqaroq, chunki uchala zanjirdagi magnit kuch chiziqlari bir-biri bilan ikki va nuqtalarda tutashadilar. Kuch transformatorlarining magnit o‘zaklari issiq holda juvalangan E41, 42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashina va transformatorlarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng ishllanilmoqda. Transformatorlarning magnit o‘zaklaridagi induksiya asosan 1,2 - 1,5 Tl, issiq holda juvalangan po‘latlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit o‘zagi sovuq holda juvalangan po‘latdan tayyorlangan moyli transformatorlarda induksiya 1,0-1,5 Tl tashkil etadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling