Farg‘ona-toshkent maqom yo‘llari reja kirish I bob. Farg‘ona-toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi
Download 192.61 Kb.
|
Farg‘ona-toshkent maqom yo‘llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. CHORGOH MAQOMI HAQIDA…………… 2.1. Chormaqomning paydo bo’lishi……………………… 2.2. Shashmaqomdan chormaqomning farqi……………… XULOSA…………………………………………………
FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM YO‘LLARI REJA KIRISH……………………………………………… I BOB. FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM YO‘LLARINING ASHULLA BO‘LIMINI KELIB CHIQISHI……………… 1.1. Maqom va uning iboralari.................................... 1.2. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi...... II BOB. CHORGOH MAQOMI HAQIDA…………… 2.1. Chormaqomning paydo bo’lishi……………………… 2.2. Shashmaqomdan chormaqomning farqi……………… XULOSA………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI.... KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Maqom nima? Salobatli maqom turkumlarida qanday g‘oya yoki ta’limotlar ifoda etilgan? Nima sababdan maqom san’ati ko‘p asrlardan buyon o‘z mohiyati, demakki, badiiy qiymatini yo‘qotmasdan kelmoqda? Bu kabi savollar aslida tubdan serqira va bir-biriga tutash madaniy-tarixiy-nazariy masalalar bilan uzviy bog‘lanib ketganki, natijatda ularga bir yo‘la yoki shu damdayoq bir jihatli javob berish mushkuldir. Shu bois qayd etilgan savollarimizga bu san’at malsalalaridan javob axtarish maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Zotan har qanday musiqiy madaniyatni nafaqat moddiy-alostik fenomen tarzida balki eng avvalo ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida tushunmoq zarur. Maqomlar tarixini o‘zaro farqli ikki lirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy ohang qatlamlarini o‘rganish tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda hozirda bizga ma’lum tom ma’nodagi maqomlar bo‘lmagan albatta. Bizgacha yetib kelgan maqomot tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma’lum bosqichi bilan shartlanganki, bu (ikkinchi davr) xususida o‘z o‘rnida mufassalroq to‘xtamga o‘tamiz. Ta’kid joizki, maqom kuy ohanglarini qadimiy qatlamlarini o‘rganishga ko‘mak bo‘luvchi maxsus musiqiy risolalar bo‘lmasa-da, ammo bu borada eng asosiy va muhim manbaalar bizning davrga qadar yetib kelgan. U ham bo‘lsa ajdodlarimizdan ulkan ma’naviy meros qolgan. Shashmaqom “Xorazm maqomlari” va “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridir”. Maqom kuylarining tuzilish (sinaksis) ko‘nikmalarini malakali idrok va tahlil eta olish asosida ular tarkibida uyg‘unlashgan turli davr musiqiy qatlamlarini aniqlab olish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda ushbu turdagi maqom na’munalarga nisbatan I.S. Rajabov sarlavhada ko‘rsatgan “Maqom yo‘llari” ( ya’ni Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari) iborasi ko‘proq qo‘llanilmoqda. Qadim zamonlarda bu zaminda yuzaga kelgan yirik davlatlar antik davrda-Xarazm, Sog‘t va Baqtiriya mamlakatlari, o‘rta asrlardagi Samoniylar, Qoraxoniylar (Markaziy Buxoro), Xorazmshohlar (Urganch-Xorazm), Temuriylar (Samarqand) imperiyalari ham ana shu umumiy tarixiy-madaniy makonninig shakllanishi bilan bog‘liqdir. XVI arsdan e’tiboran tarkib topgan songgi davrida ham shu shaharlarning atrofida Buxoro, Xiva va Qo‘qon davlatlari tashkil topdi. Download 192.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling