Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga


Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov


Download 0.83 Mb.
bet51/104
Sana14.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1198761
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104
Bog'liq
1.Хат мурожаатлар юзасидан

Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov

Ijrochi : A.Anvarov


Tel: (73)353-11-88




2022-yil 21-yanvar 4/3-3/347-son




Farg‘ona tumani, Damko‘l MFY O‘zbekiston ko‘chasi raqamsiz uyda yashovchi fuqaro M.Fozilzodaga

Farg‘ona tumani adliya bo‘limi, Sizning 2021-yil 21-dekabr kungi murojaatingiz yuzasidan qo‘yidagilarni ma’lum qiladi:


Xususan, mazkur murojaatingizda qayd etilishicha, tuman Xalq ta’lim bo‘limi tomonidan ish haqlari o‘rnatilgan tartib (razryad) asosida to‘lanmayotganligi bildirilgan.
Murojaatni to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga so‘rov xati kiritosh orqali tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarda 2019 yil, 2020, 2021-yilllar davomida amalda bo‘lgan shtat jadvallari nushalari olib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida, umumta’lim maktablarida kadrlar bo‘yicha menejer shtati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari xamda “Mexribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 406-sonli buyrug‘ining 1-ilovasiga muvofiq joriy etilganligi, tuman Xalq ta’lim bo‘limi tomonidan taqdim etilgan va umumta’lim maktablarida amalda bo‘lgan 2020 va 2021-yillardagi shtat jadvallarida, kadrlar bo‘yicha menejer 1 shtat birligida 5-razryad asosida ish haqi to‘lanishi belgilanganligi, tumandagi mavjud 62 ta umumta’lim muassasalarida xanuzgacha 1 shtat birligidagi kadrlar bo‘yicha menejerlarga 5-razryad bilan ish haqlari to‘lab kelinayotganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 743-sonli qarorining 4-ilovasiga muvofiq, oliy ma’lumotli bo‘lmagan mutaxassislar va inspektorlariga 6 razryadda mehnatiga haq to‘lanishi, shuningdek qarorning 1-bandida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi hamda qarorning 2-bandida esa, ushbu qarorning 1-bandi bilan tasdiqlangan xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha ustamalar, qo‘shimcha haqlar va razryadlar, Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritish haqida” 2019-yil 18-yanvardagi 47-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari 2019-yil 1-yanvardan boshlab qo‘llanilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, murojaatni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan, tuman Xalq ta’limi bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 743-sonli qaroriga muvofiq tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasaruffidagi barcha umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor)larga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda 2020-yil 1-yanvardan boshlab ish haqlari qayta hisoblab, to‘lab berilishi va kelgusida mazkur Qaror talablari asosida doimiy to‘lab borish yuzasidan adliya bo‘limining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomasi kiritilishi ta'minlandi.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling