Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov
Tel: (73)353-11-88
2022-yil 11-yanvar 4/3-3/380-son
|
|
Farg‘ona tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari U.Sheralievga
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY Yangi masjid ko‘chasida yashovchi fuqaro Qobilov Iqboljonning Farg‘ona tumani 52-umumta’lim maktabida ishlagan mehnat davirlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ish xaqlari to‘lab berilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Shu bois, Sizdan fuqaro Qobilov Iqboljonning murojaatida ko‘rsatilgan barcha xolatlarni joyiga chiqish orqali o‘rganib, murojaatni ijobiy hal etishingizni va O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonunining 24-moddasi asasan, murojaatni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan joriy yilning 17-yanvar kuni soat 10-00ga qadar tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘raladi.
Ilova: 5 varoqdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |