Adliya bo‘limi boshlig‘i: B.Toxirjonov
Ijrochi:A.Anvarov
Tel:(73 353 11 88)
2022-yil 7-mart 4/2-3/339-son
|
|
Farg‘ona tumani, Barqaror hamjihatlik MFY, Sebzor ko‘chasi 40-uyda yashovchi fuqaro Rahmonov Oybek Rahimjon o`g`liga
|
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi, Sizning 2022-yil 24-fevral kungi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining @faradliya_bot telegram boti orqali yo`llagan murojaatingiz yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Xususan, mazkur murojaatingizda qayd etilishicha, hozirda Siz Farg`ona davlat universitetining sirtqi bo`limida ta`lim olayotganligingiz, to`layotgan kontrakt to'lovingizdan 12 foiz daromad solig`ini qaytarib olish mumki yoki mumkin emasligini so`ragansiz.
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексиning 378-moddasi 16-bandiga ko`ra, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.
Soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning, shu jumladan, ta’lim krediti va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni qaytarish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning quyidagi qismlari bo‘yicha qo‘llaniladi:
soliq to‘lovchining yoshidan qat’i nazar o‘zining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
soliq to‘lovchining yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
soliq to‘lovchining yigirma olti yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |