Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga


Farg‘ona tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig`i E.G‘ulomovga


Download 0.83 Mb.
bet5/104
Sana14.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1198761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
1.Хат мурожаатлар юзасидан

Farg‘ona tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig`i E.G‘ulomovga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY, Yangi ariq ko‘chasi 14-uyda yashovchi fuqaro Sattorov Sobirning 20 foizli ustamasi tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan to‘lab berilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Shu bois, Sizdan fuqaro Sattorov Sobirning murojaatida ko‘rsatilgan barcha holatlarni joyiga chiqish orqali o‘rganib, murojaatni ijobiy hal etishingizni va O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonunining 24-moddasi asasan, murojaatni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan joriy yilning 9-fevral kuni soat 10-00ga qadar tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘raladi.
Ilova: 2 varoqdan iborat.


Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov
Tel: (73)353-11-88




2022-yil 2-fevral 4/3-3/24-son




Farg‘ona tumani, Shohimardon MFY Tarovat ko‘chasi 74-uyda yashovchi fuqaro Z.Maxmudovaga

Farg‘ona tumani adliya bo‘limi, Sizning 2022-yil 18-yanvar kuni Farg`ona tuman Toshqo`rg`on Aziz MFY, Toshqo`rg`on ko`chasida joylashgan 0,006 ga yer maydonini tadbirkorlik va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun Yerelektron AATga joylashtirish yuzasidan qilgan taklifingizga Farg`ona tuman telekomunikatsiya bog`lamasi tomonidan salbiy xulosa berilib, taklifingiz rad etilganligidan norozi bo`lib qilgan murojaatingiz yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:


Murojaatni to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan Davlat kadastrlar palatasi Farg`ona tuman filialiga hamda Farg`ona tuman telekomunikatsiya bog`lamasiga so`rov xatlari kiritish orqali murojaatingiz o`rganib chiqildi.
Xususan, mazkur so`rov xatlariga asosan Davlat kadastrlar palatasi Farg`ona tuman filiali va Farg`ona tuman telekomunikatsiya bog`lamasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o`tkazilgan qayta o`lchovlar natijasida, Farg`ona tuman Toshqo`rg`on Aziz MFY, Toshqo`rg`on ko`chasida joylashgan 0,006 ga yer maydoni ostidan Farg`ona tuman telekomunikatsiya bog`lamasining aloqa kabellar o`tganligi aniqlandi.
Ushbu aloqa kabellari, Farg`ona shahar va Farg`ona tumani markazini bog`lovchi katta avtomobil yo`li markaz chizig`idan 27 metr masofa oraliqda o`tganligi hamda ushbu aloqa kabellarining har ikki tarafdan muhofaza maydoni 3 metr oraliqda joylashganligi ma’lum bo`ldi.
Shunga ko`ra, “Yerelektron” AATga №B1730233-83785 unikal raqam bilan kiritilgan Farg`ona tumani, Toshqo`rg`on Aziz MFY, Toshqo`rg`on ko`chasida joylashgan 0,006 ga yer maydoni muhofaza hududi hisoblanganligi uchun ushbu maydon boshqa maqsadlar uchun foydalanishi mumkin emas.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling