Aziz talabalar! Ushbu topshiriqni barcha talabalar bajarishi shart
Download 51.35 Kb.
|
Ekspeditsiya.2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26 iyunda hujjataringizni topshirasiz va shu asosda baho qo‘yiladi. Bajariladigan asosiy topshiriqlar
- 3. Hududdagi shevaga xos so‘zlarning izohli lug‘atini tuzish. (O‘tgan yilgi ishlardan namuna keltiramiz.)
- Umarov K. 204-guruh – Qahhorov Sh. 205-guruh – Matyoqubova D. 206-guruh – Umarov K.
- MA’LUMOTNOMA O‘RGANILAYoTGAN HUDUD XARITASINI YaRATISh VA TOPONIMIK MA’LUMOTLARNI TO‘PLASh
- Shyevashunos tekshiriladigan joyga borib, mahalliy sharoit va aholi bilan tanishadi hamda sheva ustida kuzatish ishlari olib boradi
- TOPONIM
AZIZ TALABALAR! Ushbu topshiriqni barcha talabalar bajarishi shart. Quyidagi ma’lumotnoma va namuna asosida o‘zingiz yashayotgan hudud (tuman, QFY VA MFY) bo‘yicha materiallarni to‘plab, MFY mas’uliga muhr bostirib 21- iyun kuni soat 9-00 da universitetga kelib rahbaringizga tekshirtirib olasiz. Kamchiliklarni to‘g‘irlab 26 iyunda hujjataringizni topshirasiz va shu asosda baho qo‘yiladi. Bajariladigan asosiy topshiriqlar: 1. Hudud toponimi haqida ma’lumot. 2. Hudud shevasining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash va izohlash. 3. Hududdagi shevaga xos so‘zlarning izohli lug‘atini tuzish. (O‘tgan yilgi ishlardan namuna keltiramiz.) Guruhlarga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar: 201-guruh – SobirovA. 202-guruh – Saidxonov M. 203-guruh – Sobirov A., Umarov K. 204-guruh – Qahhorov Sh. 205-guruh – Matyoqubova D. 206-guruh – Umarov K. 207-guruh – Mahammadxonova М. 208-guruh – M. Ne’matova D., Alponova Sh. M. Barcha guruhlar bo‘yicha umumiy rahbar Tojiyev O. MA’LUMOTNOMA O‘RGANILAYoTGAN HUDUD XARITASINI YaRATISh VA TOPONIMIK MA’LUMOTLARNI TO‘PLASh Mashhur olim Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillarning dastlabki tasnifini yaratgan. Bu turkiy tillar sohasidagi yagona tasnif edi. Mahmud Qoshg‘ariygacha turkiy tillar tasnifi bilan maxsus shug‘ullangan olimni uchratmaymiz. Shuning bilan birga, u o‘z davrining ulug‘ shevashunos olimi sifatida Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Buxoro, Farg‘ona vodiysida yashagan urug‘-qabilalarning tillarini sinchiklab o‘rgangan. Qoshg‘ariyning bu ishi turkiy tillar, jumladan, shevashunoslik tarixida to‘ng‘ich va yagona bo‘lib, uni yakka holda tekshirish usuli bilan qilingan ish deb aytishimiz mumkin. Demak, yakka holda shevalarni o‘rganish tarixi Mahmud Qoshg‘ariy nomi bilan chambarchas bog‘lanadi. O‘zbek xalq shevalarini yakka holda o‘rganishni istagan har bir shaxs o‘zini qiziqtirgan shevani tekshirish asosini tanlab olishi mumkin. Shyevashunos tekshiriladigan joyga borib, mahalliy sharoit va aholi bilan tanishadi hamda sheva ustida kuzatish ishlari olib boradi. Shyevalarni tekshiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohalarga alohida e’tibor beradi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini yozib olishga kirishadilar. Ba’zan savol-javob usulidan ham foydalanish qimmatli materiallar yig‘ishga yordam beradi. Ishning muddati tadqiqotchining oldiga qo‘ygan maqsad va rejasi bilan belgilanadi. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariy o‘z ishi uchun 15 yilcha vaqt sarflagan bo‘lib, undan so‘ng shevalarni maxsus holda tekshirilganligi aniq emas. Shyevalarni yakka holda o‘rganib, material yig‘ish XIX asrning 2- yarmi va XX asrning boshlarida birmuncha rejali yo‘lga qo‘yildi. Shyevalarni shu tariqa o‘rganish 20-30 yillarda, ayniqsa, keng miqyosga ega bo‘ldi. Bu sohada G‘ozi Olim Yunusov, Ulug‘ Tursunov, YE.D.Polivanov, V.V.Reshetov, Sobirjon Ibrohimov, Shonazar Shoabdurahmonovlarning ilmiy tadqiqotlari bor. Hozirgacha respublikamizdagi ko‘pgina oliy o‘quv yurti va ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari faol ishtirok etishgan. Shunday qilib, yakka holda tekshirish usuli lahja va shevalarni o‘rganish yo‘llaridan birini tashkil etib, sheva materiallarini to‘plashda muhim o‘rin tutadi. Xalq shevalarini o‘rganishning ikkinchi usuli- bu guruh-guruh bo‘lib, maxsus ilmiy safar qilish yo‘li bilan o‘rganish usuli hisoblanadi. Bu usul universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan uyushtirilib, tadqiqot mahsus ilmiy tayyorgarlik (transkipsiya bilan ishlash) asosida olib boriladi. Oliy o‘quv yurti talabalari ishtirokida tashkil etiladigan ekspeditsiyalarda (bu o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan) ilmiy rahbar tayinlanadi. Rahbar joy tanlashdan boshlab, uning yakunigacha bo‘lgan davrda ularning ishlariga doimiy rahbarlik qiladi. Ularga ayrim joylar, ma’lum chegaralar ajratib beriladi. Masalan, biror qishloq yoki shaharga chiqqan vaqtda talabalar 3-4 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etadilar. Ularning biri boshliq qilib belgilanadi. Bu guruhlardagi kishilarning biri suhbatni boshqarib boradi, boshqalari esa ma’lumot beruvchi jarayonni talaffuzga ko‘ra yozib oladilar. Shyevalarni guruh-guruh bo‘lib tekshirish yo‘li bilan o‘rganish boshqa usullarga nisbatan qulay va afzal bo‘lib, uni yetakchi usul deb atash mumkin. Xalq shevalarni ekspeditsiya yo‘li bilan o‘rganishda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand, Andijon, Buxoro, Qarshi, Xorazm, Farog‘ona davlat universitetilarida katta tajriba orttirilgan. Masalan, SamDUda ana shunday ekspeditsiya materiallari asosida bir necha ilmiy ishlar e’lon qinlindi. Jumladan, 10 ga yaqin nomzodlik va ikkita doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozirgi vaqtda ekspeditsiya tashkil qilish ishlari birmuncha susayib qoldi. Uning turli sabablari bor, albatta. Qanday bo‘lmasin, bu ishni davom ettirish va kuchaytirish lozim. Xalq shevalarni tekshirishning uchinchi usuli anketa bilan amalga oshiriladi. Bu usulni savol-javob usuli deb yuritish ham mumkin. Mazkur usulga muvofiq ayrim mutaxassislar tomonidan sheva xususiyatlariga moslab savol-javob shakllari tuziladi va ular turli kishilar tomonidan to‘ldiriladi. Bunday savol-javoblar turli shahar va qishloqlardagi o‘qituvchilarga, ayniqsa, til va adabiyot o‘qituvchilariga yuboriladi va ulardan ana shu savol-javoblarga o‘zlarining javoblarini yozib yuborish iltimos qilinadi. Javob ilmiy yozuv yoki imlo bilan amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Chunki javob qaytaruvchilarning ko‘pchiligi ilmiy yozuvdan yaxshi xabardor bo‘lmaydi yoki mashq qilmasliklari tufayli ularning yodlaridan ko‘tarilgan bo‘ladi. Demak, shevashunoslikdan yaxshi xabardor bo‘lmagan kishilar ham anketa usuli asosida ish ko‘rishlari va sheva xususiyatlarini o‘rganishga hissa qo‘shishlari mumkin. Bu usul sheva haqida umumiy tasavvur hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi va tadqiqotchi uchun yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib o‘rganilgan shevalarni bir-biridan farqlash va tasniflarga ajratishda savol-javob usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amalda shevashunoslar savol-javobning turli shakllaridan foydalanishgan. Ayniqsa, A.K.Borovkov tomonidan o‘tkazgan «Savol-javoblar»ning ahamiyati kattadir. Amaliy ish jarayonida talaba va o‘qituvchilarni savol-javob(anketa)lar bilan tanishtirish sheva haqida umumiy tasavvur hosil qilish uchun qimmatli vosita vazifasini bajaradi. A.K.Borokovning usulidan foydalanilgan holda, Samarqand, Toshkent, Andijon, Qarshi oliy o‘quv yurtlari tilshunoslari ham o‘zbek tilining ana shunday «savol-javob» usullarini hayotga tatbiq etib kelmoqdalar. Shunday qilib, o‘zbek xalq shevalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan usullarning eng muhimlari uch xil ekan, degan xulosaga kelish mumkin: a) yakka holda o‘rganish; b) tajriba o‘tkazish usuli; v) savol-javob usuli. An’anaviy shevalar o‘zlarining joylashgan o‘rinlariga qarab, bir-birlaridan tarixiy, hozirgi holati nuqtai nazaridan ancha farq qiladi. Agar biz an’anaviy shevalarni o‘rganmoqchi bo‘lar ekanmiz, birinchi navbatda, ularning asosiy xususiyatlarini belgilovchi shevalar ustida ish olib boramiz. Shuningdek, xalqning ilg‘or guruhi yoshlar va qishloq faollarining nutqi ustida ham ish olib borish lozim bo‘ladi. Bunday kuzatishlar lahjalardagi xususiyatlarning saqlanganligi, aholi faollari nutqida yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi va, aksincha, ba’zi bir so‘zlarning yo‘qolib borishini ko‘rsatib beradi. Hozirgi zamon shevalarini tekshirganda, qarilar va yoshlar, xotin-qizlar, erkaklar va turli kasb-hunar egalari bo‘lgan kishilarning nutqlari ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Bir guruh aholining o‘zida turli uslub va lahjaning turlari bo‘lishi mumkin. Ularning turmushdagi erkin suhbatlari, majlisdagi nutqlari, xalq og‘zaki ijodi materiallarining tili turlicha bo‘ladi. Bunday hollarda ularning har biriga xos bo‘lgan muhim til xususiyatlari ham alohida hisobga olinadi. Shyevashunosning ishi juda og‘ir va mas’uliyatlidir. Undan ko‘p harakat qilish, ehtiyotlik bilan ish ko‘rish talab qilinadi. U o‘ziga ishonch tug‘dirishdan tashqari, xalq bilan do‘stona munosabatda va mustahkam aloqada bo‘lishi lozim. Qishloq faollari orqali keng mahalliy xalq bilan aloqa bog‘lanadi. Biroq bu aloqa hali yetarli emas. Shyevashunos mahalliy xalq bilan aloqani kuchaytirish uchun qishloqning ijtimoiy va ishlab chiqarish hayotidan uzilib qolmasligi lozim. Shyevalarni o‘rganishning asosiy yo‘llaridan biri shu shevada so‘zlashuvlarning nutqlari ustida kuzatishlar olib borish va ularni yozib borishdan iborat. Tadqiqotning ikkinchi kuni tashkil etiladigan ishlar, odatda, yozma ravishda, anketa usulida so‘roqlarga javob olish orqali to‘ldiriladi. Aholi yashaydigan joyning qisqacha tarixi biror yozma manbaga yoki tug‘ilganidan shu yerda yashab kelayotgan 2-3 kishining bergan ma’lumoti asosida bayon qilinsa, yana ham yaxshi bo‘ladi. Joyning tarixini tub joy aholisidan bir necha kishining ismi-familyasiga va turli toponimik nomlarga qarab ham aniqlab olish mumkin. Biroq aholining qo‘shni qishloqdan ham ko‘chib kelib, bu joyga o‘rnashib qolishi ham xarakterli fakt hisoblanadi. Juda ko‘p joy nomlari xalqimizning kelib chiqishi, boshidan kechirgan turli xil tarixiy voqealardan guvohlik berib turadi. Bu jihatdan ilmiy adabiyotlarda toponimlar deb yuritiluvchi joy nomlarini o‘rganish juda katta ahamiyatga ega. Joy nomlari uchun umumiy ma’noda, T O P O N I M so‘zi ilmiy atama sifatida qo‘llaniladi. Toponim so‘zi asli grekcha bo‘lib, «topos» - joy, «onoma»1- atoqli ot ma’nolarini anglatuvchi, joy nomlarini o‘rganadigan fan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganimizda, atrofimizni o‘rab turgan dengiz, daryo, ko‘l, kanal, suv ombori, tog‘, adir, g‘or yoki cho‘l, shahar, qishloq yoki ulardagi ko‘cha, maydon, bekat, masjid, bozor, mozor, guzar, mahalla kabi barcha geografik ob’yektlar o‘z nomiga ega. Mazkur geografik nomlar - TOPONIM deb atalib, ularning ma’lum geografik hududdagi yig‘indisi TOPONIMIYa deyiladi. Geografik nomlarning paydo bo‘lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanishi va qayta nomlanishini, etimologiyasi va grammatik xususiyatlarini, tuzilishi, atalish sabablarini o‘rganuvchi fan – T O P O N I M I K A deb ataladi. Toponimika joy nomlarini to‘plash, nomning kelib chiqish tarixi, til xususiyatlarini o‘rganish, tadqiq etish bilan shug‘ullanadi. Toponimlar bir vaqtning o‘zida tilshunoslik, tarix va geografiya fanlari fakti hisoblanib, o‘rganadigan manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Joy nomlari, hatto kitob va yozuvlar paydo bo‘lmasdan oldin yaratilgan hamda xalq tilida ishlatilgan. Joy nomiga qarab qadimiy savdo yo‘llari, qabila-urug‘ tilining tarqalishi, qal’a va manzillarning o‘rni, foydali qazilmalar, cho‘llarda quduqlarning bor-yo‘qligi, joyning o‘simlik, hayvonot hamda iqlimiy xususiyatlari, kasb-hunar, tarixiy voqea, afsona, rivoyatlar va boshqa xil ma’lumotlarni bilib olamizki, bular hammasi shevashunoslik, xalq xo‘jaligi, madaniyatimiz tarixi uchun juda muhimdir. Download 51.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling