Aziz talabalar! Ushbu topshiriqni barcha talabalar bajarishi shart


Qishloq haqida umumiy ma’lumot to‘plash


Download 51.35 Kb.
bet2/5
Sana21.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1644724
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekspeditsiya.2-kurs

Qishloq haqida umumiy ma’lumot to‘plash:
Ma’lumki, qishloq va uning aholisi to‘g‘risidagi ma’lumot shevashunoslik uchun katta ahamiyatga ega. Shuning uchun har bir aholi yashaydigan joyning nomini aniq yozish talab qilinadi. Bunda qishloq kengashi, tuman, viloyat nomlari (agar boshqa davlat zaminida bo‘lsa, davlatning nomi) aniq ko‘rsatilishi kerak. Agar joyning nomi birdan ortiq bo‘lsa, ularning har birining nomi, imlo va transkripsiya bilan beriladi.
Shu bilan birga, qishloqdan temir yo‘lgacha, shahar, tuman markaziga qadar bo‘lgan masofani ham ko‘rsatib o‘tish kerak. Qishloqning janubiy, shimoliy, g‘arbiy va sharqiy temir yo‘l stansiyasi shahar va tuman markazining qaysi tomonida ekanini ham ko‘rsatib o‘tish zarur.
Ba’zi vaqtlarda aholi yashaydigan joyning nomi xaritada ko‘rsatilgan nom bilan to‘g‘ri kelmaydi. Bunday vaqtlarda har ikkisini ham yozish kerak. Shuningdek, nomning qachondan beri mavjud ekanligi haqidagi ma’lumotni ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Bu to‘g‘rida shahar yoki qishloq oqsoqollaridan ma’lumot olish mumkin. Qariyalar suhbat vaqtida aholi yashaydigan joyning tarixi, xalqi hamda bu xalqning qayerdan kelib joylashganligi to‘g‘risida yetarli ma’lumot bera oladi. Agar tumanning arxiv materiallari bo‘lsa, buni ham ko‘zdan kechirib chiqish kerak. Bir tomondan, arxiv materiallari aholi yashaydigan qishloq tarixi to‘g‘risida ma’lumot bersa, ikkinchi tomondan, qo‘shimcha ravishda shu mahalliy xalq tomonidan yozilgan hujjatlarning til xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Toponimlarni aniqlash jarayonida qo‘llaniladigan savollar va anketalar



  1. O‘rganilayotgan hudud, joy, manzilning aniq nomi.

  2. O‘rganilayotgan joy qaysi tumanga (shahar)ga qarashli. Tuman va tuman markazining eski va hozirgi nomi.

  3. O‘rganilayotgan qishloq (posyolka, ovul, mahalla) ning tarixi haqida qisqacha ma’lumot. Joyning mustaqillikdan oldingi nomi. Bu nomning etimologiyasi to‘g‘risida, ma’nosi haqida qanday fikrlar bor. Qadimdan yashayotgan kishilarning aytishicha, joyning nomi nimaga asoslangan. Bu yerga kishilar qachon va qayerdan kelib o‘troqlashishgan.

  4. Mustaqillik yillarida barpo etilgan yangi shahar, qishloq nomlari. O‘rganilayotgan hudud atrofidagi qo‘shni qishloqlarning nomlari.

  5. Aholi yashaydigan manzilning ichki bo‘linish nomlari (mahalla, guzar, to‘p, ovul, ko‘cha nomlari).

  6. O‘rganilayotgan hudud va uning atrofidagi qadimgi tarixiy qal’a, qo‘rg‘on, saroylar (ularning qoldiqlari) qanday nomlar bilan yuritiladi. O‘tmishda jang, qirg‘in bo‘lgan joylar nomi va ular haqida esdaliklar.

  7. O‘rganilayotgan hudud tub aholisi mansub bo‘lgan millat (elat va urug‘). Kishilar o‘zining qaysi mahalliy tafovutlari (tilda, urf-odatda, kiyim-kechakda, san’at va boshqalarda) bilan qo‘shni qishloq (mahalla) aholisidan farqlanadimi?

  8. Mahalliy geografik nomlarni eslatadigan so‘zlar (masalan: kishi nomlari) uchraydimi?

  9. O‘rganilayotgan hududdagi daryo va uning irmoqlari hamda qurib qolgan daryolar, o‘zanlar nomlari.

  10. Kanal, soy, anhor, ariq, buloq, hovuz, jilg‘a, quduq nomlari hamda ularga qurilgan ko‘prik (katta, kichik, osma va boshqa xil ko‘priklar), to‘g‘onlar nomlari.

  11. Zax suvlar oqadigan ariqlarning nomlari.

  12. Daryo, soylardan o‘tadigan joylar-kechuvlar nomi.

  13. Ko‘l nomlari. Botqoqlik va sho‘r yerlar nomi.

  14. Daryo va ko‘llardagi orol va yarim orollar nomi.

  15. Qadimgi davrlarda va hozirgi kunlarda mavjud bo‘lgan sahro, dasht - biyobon, taqir yer, cho‘llar nomi.

  16. Yo‘llar (qadimgi karvon yo‘llari), katta serqatnov yo‘l nomi va aholi punktlariga yaqin bo‘lgan shahar va oraliqdagi masofasi hamda so‘qmoq yo‘llar nomi.

  17. Atrofingizdagi o‘rmon, to‘qayzor (to‘qay) nomlari va ov maqsadida foydalaniladigan joylarning nomi.

  18. Tabiiy va sun’iy katta, kichik tepaliklar, qum tepaliklari- barxanlar nomi.

  19. O‘rganilayotgan hududda va uning atrofida qanday nomdagi tog‘lar bor. Tog‘ sirti, cho‘qqilari, tog‘dagi davon, dara, ungur, g‘orlar va ularning nomlanishi.

  20. Chorva boqiladigan joy-yaylovlar nomi. Jarliklar nomi.

  21. Turli xil ekinlar ekiladigan va ekin ekilmaydigan tashlandiq yerlarning nomi.

  22. Xalqning turli urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, sayil, bayram va to‘y-ma’rakalar o‘tkaziladigan o‘rin-joy nomlari.

  23. Dehqonchilik, bog‘dorchilik, tokchilik, pillachilik bilan bog‘liq bo‘lgan joy nomlari.

  24. Yil fasllari va turli tabiiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan nomlar.

  25. Cho‘llarda qor, yomg‘ir suvlari saqlanadigan inshootlar, suv omborlarining nomlari.




Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling