Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga


Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov


Download 0.83 Mb.
bet55/104
Sana14.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1198761
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
Bog'liq
1.Хат мурожаатлар юзасидан

Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov
Tel: (73)353-11-88




2021-yil 28-dekabr 4/3-3/362-son




Farg‘ona tumani, Novkent MFY Farobiy ko‘chasi 107-uyda yashovchi fuqaro O.Madyorovga

Farg‘ona tumani adliya bo‘limi, Sizning 2021-yil 21-dekabr kungi murojaatingiz yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:


Xususan, mazkur murojaatingizda qayd etilishicha, Farg‘ona tumani 43-sonli o‘rta ta’lim maktabining 32-son buyrug‘i bilan Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilib, 2021-yil 4-yanvardan bazaviy oylik maoshingizga 20% ustama belgilanganligi, biroq hanuzga qadar ushbu ustama to‘lanmasdan kelinayotganligi sababli ushbu buyruq ijrosi ta’minlanishida amaliy yordam so‘ragansiz.
Murojaatni o‘rganish jarayonida tuman Xalq ta’limi bo‘limi va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF–6099-sonli Farmonining 13-bandi ijrosi lozim darajada ta’minlanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.
Xususan:
1) Tuman Xalq ta’limi bo‘limida mazkur Farmon ijrosi bo‘yicha 2020-yil 11- dekabrdagi 147-sonli buyruq qabul qilinib, ushbu buyruqning 11-bandida Moliyaviy tahlil va rejalashtirish bo‘limi (A.Shaxobov), xodimlar bilan ishlash bo‘limi (N.Xoliqov), Metodika bo‘limi (B.Mirzayev)larning zimmasiga 2021-yil 1-yanvardan Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilgan amaliy fanlar metodisti Sh.Jalolovning bazaviy lavozim maoshiga ustama belgilanishi, keyingi yil uchun yil davomida o‘tkaziladigan xaftalik musobaqalarni o‘tkazish kalendar rejasiga asosan yillik xarajatlar smetasini shakllantirishda mazkur maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutishi belgilangan bo‘lsada, biroq tuman Xalq ta’limi bo‘limi xodimi o‘rniga viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi amaliy fanlar metodisti Sh.Jalolov ko‘rsatilgan.
2) Tumandagi umumta’lim maktablarida yuqoridagi Farmon va tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2020-yil 11-dekabrdagi 147-son buyrug‘i ijrosi o‘rganilganda, 6, 9, 17, 21, 24, 29, 49, 52, 56-sonli umumta’lim maktablarida umuman Farmon ijrosi bo‘yicha buyruqlar qabul qilinmaganligi, har bir maktabda 1 nafar xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilmaganligi hamda ularning oylik ish haqiga 20 foizdan ustama belgilanmaganligi aniqlandi.
3) 2, 3, 5, 7, 8, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 20, 22, 23, 25, 26, 27, 28, 30, 32, 33, 34, 34, 35, 36, 38, 39, 40, 41, 42, 44, 47, 48, 50, 51, 53, 54, 55, 58, 59, 60, 61-umumta’lim maktablari, 4-sonli informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, 2-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktab internati, 31-son chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi tomonidan buyruqlar qabul qilingan bo‘lsada, xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilmagan hamda ularning oylik ish haqiga 20 foizdan ustama belgilanmaganligi aniqlandi.
4) 1-son matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabi, 10, 11, 12, 19, 37, 43, 45, 46, 47, 57-sonli umumta’lim maktablari tomonidan Farmon ijrosi bo‘yicha buyruqlar qabul qilinib, har bir maktabda 1 nafar xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilgan hamda ularning oylik ish haqiga 20 foizdan ustama belgilangan bo’lsada, biroq belgilangan ustama summalarini to’lab borish choralari ko’rilmasdan kelinayotganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF–6099-sonli Farmonining 13-bandi, Farg’ona tuman hokimining 2020-yil 30-noyabrdagi 865-son qarorining 8-bandida, 2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilishi qat’iy belgilangan.
Shunga ko‘ra, murojaatni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan, Farg‘ona tuman xalq ta’limi bo‘limiga Farmon ijrosi bo‘yicha “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilgan xodimlarning oylik ish haqiga belgilangan tartibda 20 foizdan ustama to’lab berish yuzasidan adliya bo‘limining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomasi kiritilishi ta'minlandi.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling