Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga
Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Download 0.83 Mb.
|
1.Хат мурожаатлар юзасидан
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg‘ona tumani, Novkent MFY Saodat ko‘chasi 136-uyda yashovchi fuqaro Urinbayev Eldorga
Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov Tel: (73)353-11-88
Farg‘ona tumani adliya bo‘limi, Sizning 2022-yil 11-yanvar kungi murojaatingiz yuzasidan qo‘yidagilarni ma’lum qiladi: Xususan, mazkur murojaatingizda qayd etilishicha, tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan ish haqlari o‘rnatilgan tartib (razryad) asosida to‘lanmayotganligi bildirilgan. O‘rganish jarayonida, tuman Tibbiyot birlashmasining 2019-yilda tasdiqlangan shtatlar jadvali yagona tarif setkasi bo‘yicha kadrlar bo‘limi boshlig‘iga 7 razryad, oliy ma’lumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlarga 4 razryad, oliy ma’lumotli bo‘lmagan mutaxassislar va inspektorlariga 3 razryadda ish haqlari 2019-yilning avgust oyiga qadar to‘lab kelinganligi, 2019-yilning sentyabr oyida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 743-sonli qarorining 4-ilovasiga muvofiq, qayta hisob kitob qilinib, 2020-yilning mart oyi ish haqi bilan to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsada, biroq, birlashmaning 2022-yilning 5-yanvar xolatiga bergan ma’lumotnomasiga ko‘ra, kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.Sobirovaga 1 062 478 so‘m, kadrlar bo‘limi inspektorlari D.Axunovaga 780 723 so‘m, N.Kamolovaga 49 990 so‘m, D.Soyipovaga 159 830 so‘m, G.Abdutolipovaga 961 920 so‘m, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi E.Urinboyevga 216 964 so‘m, jami: 3 229 905 so‘m kam to‘langanligi aniqlandi. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 743-sonli qarorining 4-ilovasiga muvofiq, Tashkilotning xo‘jalik va muhandislik-texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmati, tashkilotning metrologik va boshqa xizmatlari, kadrlar bo‘limi boshlig‘iga 10 razryadda, oliy ma’lumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlarga 7 razryadda, oliy ma’lumotli bo‘lmagan mutaxassislar va inspektorlariga 6 razryadda mehnatiga haq to‘lanishi, shuningdek Qarorning 1-bandida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi hamda Qarorning 2-bandida esa, ushbu qarorning 1-bandi bilan tasdiqlangan xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha ustamalar, qo‘shimcha haqlar va razryadlar va Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritish haqida” 2019-yil 18-yanvardagi 47-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari 2019-yil 1-yanvardan boshlab qo‘llanilishi belgilangan. Shunga ko‘ra, murojaatni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan, tuman Tibbiyot birlashmasiga ish haqidan bo‘lgan qarzdorlik summalarini to‘lab berish yuzasidan adliya bo‘limining taqdimnomasi kiritilishi ta'minlandi. Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling