Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga


Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov


Download 0.83 Mb.
bet89/104
Sana14.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1198761
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
Bog'liq
1.Хат мурожаатлар юзасидан

Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov


2021-yil 14-dekabr 4/3-3/338-son




Farg‘ona tumani, Xosilot MFY Yakka tut ko‘chasi 49-uyda yashovchi fuqaro Mamadaliyeva Gavharoyga

Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan, Sizning tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonida may, iyul oylari uchun ishsizlik nafaqasi to‘lab berilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan qilgan murojaatingiz vakolat doirasida o‘rganildi.
Xususan, murojaatni qonuniy xal etish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga tegishli tartibda so‘rov xatlari kiritish orqali, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining joriy yilning 13-dekabrdagi 1284401018-sonli to‘lov topshiriqnomalariga asosan Sizning to‘lanmayqolgan ishsizlik nafaqangiz to‘lab berilishi ta’minlandi.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov


2021 yil 13-dekabr 4/3-3/345-son




Farg‘ona tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari U.Sheralievga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani, Obod MFY Nurafshon ko‘chasi 82-uyda yashovchi fuqaro Xamidova Xilolaning tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonida may oyida tuman Obod MFYda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yordamchi inspektori lavozimida ishlagan mehnat davirlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ish xaqi to‘lab berilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Shu bois, Sizdan fuqaro Xamidova Xilolaning tuman Obod MFYda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yordamchi inspektori lavozimida ishlagan mehnat davirlari, to‘langan va to‘lanmayqolgan ish xaqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda murojaatga doir tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda joriy yilning 15-dekabr kuni soat 10-00ga qadar tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘rayman.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling