Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga


Farg‘ona tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari U.Sheralievga


Download 0.83 Mb.
bet96/104
Sana14.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1198761
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104
Bog'liq
1.Хат мурожаатлар юзасидан

Farg‘ona tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari U.Sheralievga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani, Xosilot MFY Yakka tut ko‘chasi 49-uyda yashovchi fuqaro Mamadaliyeva Gavharoyning tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonida may, iyul oylari uchun ishsizlik nafaqasi to‘lab berilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Shu bois, Sizdan Mamadaliyeva Gavharoyga tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan to‘langan va to‘lanmayqolgan ishsizlik nafaqasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda murojaatga doir tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda joriy yilning 7-dekabr kuni soat 10-00ga qadar tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
Adliya bo‘limi boshlig‘I v/b A.Anvarov




2021-yil 3-dekabr 4/3-3/330-son




Farg`ona tumani Mindonobod MFY Mindonobod ko‘chasi, 94-uyda yashovchi fuqaro Qodirova Dilafruz Ibragimovnaga



Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Sizning 2021yil 18-noyabrdagi viloyat Adliya boshqarmasi xizmat telefoni orqali Farg‘ona tuman gaz ta’minoti korxonasi tomonidan gaz tarmog‘iga ulanish masalasidagi murojaatingiz ko‘rib chiqilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatingiz bo‘lim ish yurituviga olinib, o‘rganib chiqildi.
Murojaatni to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan “Farg‘onatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga so‘rov xati kiritosh orqali murojaatingiz joyiga chiqish orqali o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida, “Farg‘onatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi tomonidan Sizga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son Qaroriga asosan gaz tarmog‘iga ulanish tartib qoidalari to‘g‘risida tushuntirish berilishi ta’minlandi.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling