Farg‘ona tumani xtb ga qarashli 17- sonli o‘rta ta’lim maktabida huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish bo`yicha `quvchilari o`rtasida o`tkazilgan davomat tadbiri yig‘ilish bayoni
Download 41 Kb.
|
04.10.2022 bayonnoma 17-maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi masala
- Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi
“Tasdiqlayman” Maktab direktori, ______ S.Obidov “ 4” oktyabr 2022-yil Farg‘ona tumani XTB ga qarashli 17- sonli o‘rta ta’lim maktabida huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish bo`yicha `quvchilari o`rtasida o`tkazilgan davomat tadbiri yig‘ilish bayoni. 16-fevral , 2023- yil Konchilar MFY
Kun tartibidagi masala O`quvchi yoshlarga jinoyatchilik va uning oqibatlari bo‘yicha o‘quvchilarga tushunchalar berish. Ichki ro‘yxatda turuvchi o‘quvchilar bilan profilaktik ishlar olib boorish. .Yig`ilishni maktab inspector psixolog kun tartibidagi masala bo`yicha quyidagilarga to`xtaldi: Hozirgi kunda voyaga yetmagan o`quvchi yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni darsdan keying paytlarida vaqtlarini to`g`ri taqsimlash bo`yicha ota-onalar bilan doimiy hamkorlikni kuchaytirish bugunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda.Chunki barcha ko`ngilsiz holatlar o`quvchilarni darsdan keyingi paytlarda bo`sh vaqtlarini bemaqsad o`tkazishi oqibatida kelib chiqmoqda, ayrim maktablarda huquqbuzarlikkacha borganligini va kechki 19:00 dan keyin ko`chada bemaqsad yuishi oqibatlari xususida batafsil gapirib o`tdi. Bola jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Balki muhit, tarbiyaning yo‘qligi uni shu yo‘lga boshlaydi. Shunga alohida e’tibor berish lozimki, oilada ota-onaning har bir harakati bola uchun saboq bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar o‘quv yurtida o‘qituvchi va muallimlarning yurish-turishi, fe’l-atvoridan ibrat olishga intiladilar. Bu o‘z navbatida yoshlar tarbiyasi uchun ota-ona, o‘quv yurti ma’muriyati, qolaversa, mahalla faollari o‘zlari namuna bo‘lishlari lozimligini talab etadi. Hatto hadislarda aytilishicha ota-ona bolani dunyoga keltirgani uchun emas, uni odobli, axloqli qilib voyaga etkazganliklari uchungina olqishlarga sazovor bo‘ladilar. «Farzandlaringizni izzat ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilangizlar», deyiladi. O‘quv yurtidagi tarbiya yoshlarning o‘z huquqlari va ota-ona, ona-Vatan oldidagi burchlarini to‘la anglashlari uchun mustahkam zamin bo‘lsa, yoshlar tarbiyasidagi ota-ona va mahalla-kuyning o‘rni esa, ularning tom ma’noda inson bo‘lib etishishlari uchun alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun hozirda ayrim yoshlarimizning qing‘ir ishlarga qo‘l urishida faqatgina bir tomonni ayblab bo‘lmaydi. Zero, yoshlar tarbiyasi uchun har birimiz mas’ulmiz. Oilada, o‘quv yurtida, mahallada yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilsa, bu borada huquq-tartibot idoralari, mahalla faollari va boshqa jamoat tashkilotlari uzviy hamkorlikda ish olib borishlari kerak. Ana shunda yoshlarimiz qalbiga ma’naviyat, ma’rifat tuyg‘ularini singdirishga, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga, mustaqil fikrlashini ta’minlashga qodir bo‘lgan bu yaxlitlik ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari sodir etilishining oldini olishda katta samara beradi. Kun tartibidagi masala bo`yicha MMIBDO` B.Sotqinov o`z fikrlarini aytib o`tdilar,mavzu bo`yicha tushuntirish targ`ibot ishlari olib bordilar. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: Kun tartibida masala bo`yicha so`zga chiqqan ma`ruzachilar fikri ma`lumot uchun qabul qilinsin. Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlikni turli ko`rinishlarini oldini olishda manzilli hamkorlik ishlariga e`tibor kuchaytirilsin Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman. Yig‘ilish kotibi: F.Asrorova Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling