Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi


Download 0.65 Mb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1452662
1   2   3
Bog'liq
DILFUZA MUSTAQIL ISH

XIZMATLAR



Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiyiqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2021 yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 212,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,2 % ni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) bozor xizmatlarning hajmi (2021 yil yanvar-iyun oylarida)

mlrd.so'm - 20,00 40,00 60,00 80,00
Quva tumanida eng katta xizmat hajmi savdo xizmatlar (68,5 mlrd. so‘m) va moliyaviy xizmatlar (40,7 mlrd. so‘m)ga to‘g‘ri keladi.
Eng kichik xizmat hajmi esa me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,03 mlrd. so‘m) va boshqa xizmatlar (2,3 mlrd so‘m)ga to‘g‘ri keladi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz)
2021 yil 1 iyul holatiga ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlari soni 1846 tani tashkil etib, shundan 1716 tasi faoliyat yuritmoqda. SHuningdek, 2021 yil yanvariyunda yangi tashkil etilgan kichik biznes sub’ektlari soni 229 tani tashkil etadi. O‘z navbatida faoliyatini tugatgan kichik biznes sub’ektlari soni 59 tani (jamiga nisbatan 67,8 foiz) tashkil etmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy qismi savdo 655 ta (35,5 foizi), sanoat 473 ta
(25,6 foizi), qurilish 161 ta (8,7 foizi) hamda boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish 132 ta (7,2 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling